BIR HOVUCH DUR

USTOZGА MUHАBBАT
Mavlono Jaloliddin Rumiyning Pirlari va ustozlari , u zotga maʼrifat oʼrgatgan zot Shams Tabriziy boʼladilar. Shams Tabriziy bir muddat Rumiyga maʼrifat oʼrgatgandan keyin gʼoib boʼladilar. Ustozning firoqidan kuyib yurgan Rumiydan biror narsa undirish maqsadida bir kishi Rumiyning oldilariga keldi va ” Men Shams Tabriziyni shahrimizda koʼrdim” , dedi.Mavlono mastona suyunib , xushxabar bahosi oʼlaroq egnilaridagi xirqalarini yolgʼonchining yelkasiga tashladilar.Toʼplanganlar haligining yolgʼonchi ekanligiga shahodat berdilar. Mavlono shunda ularga shunday dedilar: ” Men xirqamni uning yolgʼoniga berdim.Xabari chin boʼlsa edi, jonimni berar edim “.