USTOZGA MUHABBAT


Mavlono Jaloliddin Rumiyning pirlari va ustozlari , u zotga ma’rifat o‘rgatgan zot Shams Tabriziy bo‘ladilar. Shams Tabriziy bir muddat Rumiyga ma’rifat o‘rgatgandan keyin g‘oib bo‘ladilar. Ustozning firoqidan kuyib yurgan Rumiydan biror narsa undirish maqsadida bir kishi Rumiyning oldilariga keldi va ” Men Shams Tabriziyni shahrimizda ko‘rdim” , dedi.Mavlono mastona suyunib , xushxabar bahosi o‘laroq egnilaridagi xirqalarini yolg‘onchining yelkasiga tashladilar.To‘planganlar haligining yolg‘onchi ekanligiga shahodat berdilar. Mavlono shunda ularga shunday dedilar: ” Men xirqamni uning yolg‘oniga berdim.Xabari chin bo‘lsa edi jonimni berar edim “.