BAXTIYOR TURSUNDAN HAYOTIY HIKOYA

BAXTIYOR TURSUN 1978 yili 14 aprelda Samarqand viloyatining Payariq tumanida tavallud topgan. Adabiy ijodga ixlosi baland. Uning ijodiy ishlarida ulkan omadlar tilaymiz!

AYNURA
Qirg‘izistonlik qadrodon ukam, qirg‘iz yigiti Samariddinning sof sevgi qisasidan bir parchasini sizlarga ham so‘zlab bersam.
Men bu yigit bilan bundan bir yarim yil avval Moskvada bir rus firmasida birga ishlagandim.
Shunchalik yaqin bo‘lib qadrdon bo‘lib ketdik,hozirgacha xabarlashib turamiz.
Endigina yigirma bir yoshga kirgan bu qirg‘iz yigiti,juda sho‘x hazilkash atrofidagilarga mehribonligi bilan mening mehrimni qazongan edi.
Baland bo‘yli,qaddi qomati kelishgan qosh ko‘zlari-yu sochlari ham qop-qora yuzlari bug‘doyrang,nigohlari o‘tkir bu yigitcha qizlarning ham yoqimtoyi ekan.
Biz ishlaydigan joyda farroshlik qiladigan qirg‘iz qizlari ishlashar edi,Samariddin tortinmasdan birinchi marta ko‘rib turgan qizlar bilan ham bemalol hazil-huzil qilib suhbatga kirishib ketaverardi.
Bir kuni dam olib o‘tirganimizda undan so‘radim.

  • Samariddin sen bunaqa qilib ko‘p qizlar bilan gaplashaversang,oxiri yo xotinsiz qolasan,yoki tanlab-tanlab tozisiga uchraysan,-dedim kulib,ikkovimiz yaqin do‘stlardek hazillashar va sirlashardik.
  • Ey aka,nega bunday deysiz?,-dedi u hayron bo‘lib.
    U meni doim shunday “Ey aka”deya chaqirardi.
  • Senga bitta latifa aytib beraymi?Aslida bu latifa ham emas,bo‘lgan gap.
    Marxum fazilatli Shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratning yoniga ikki yosh yigit kelib shunday savol berishibdi.
  • Hazrat bizlar shu paytgacha ko‘p yomon yo‘llarda yurdik,ko‘p qizlarni sevaman deya yurib uylanmasdan aldab tashlab ketdik,endi bilsak bu hammasi gunoh ekan.
    Bizlar endi tovba qildik,biz endi uylanmoqchimiz,bizlarga qanday qizlar duch kelar ekan uylanishga?,-deya so‘rashibdi.
  • Sizlarga tovba qilgan qizlar duch keladi,-deya javob beribdi Shayx.
    Kulishib oldik.
    Keyin Samariddin hikoyasini boshladi.
  • Ee aka,siz meni shunaqa yomon yigit deya o‘ylaysizmi?
    Men faqat kulguni hazil-huzulni suhbatni yaxshi ko‘raman.Bu qizlarga birortasiga yomon ko‘zda qaramayman.
    To‘g‘ri chiroyli gapiraman,ko‘nglini ko‘taraman,birini gulga o‘xshataman,birini ovozing yoqimli ekan deya bulbulga o‘xshataman ammo bu degani Samariddin bu qizlarning hammasini sevadi degani emas-da aka.
    Hozir men sizga bir rasm ko‘rsataman,qarang.
    U shunday deya telefonini olib undan bir qizning rasmini menga ko‘rsatdi.
    Juda ham go‘zal bir qirg‘iz qizi kulib tushgan rasm.
  • Kim bu qiz?,-deya so‘radim.
  • Aka men shu qizni sevaman,faqat shu qizni.
    Nasib qilsa kelgusi yil to‘yimiz bo‘ladi,sizni to‘yga aytaman.
  • Chiroyli qiz ekan,baxtli bo‘linglar,-dedim.
  • Siz hikoyalar yozasiz a? Men sizga qanday tanishganimizni aytib beraman,yozasizmi?
  • Albatta yozaman.
  • Mayli aytaman,faqat shartim bor.Hikoyani to‘yimizdan keyin yozasiz xo‘p.
  • Xo‘p,shunday qilaman.Tezroq to‘ylaring bo‘lsinda,men sizlar to‘g‘ringizda tezroq yozayin.
  • Endi sizga bu qiz bilan qanday tanishganimizni aytib beraman.
    Bu voqealarga ham bir yilcha bo‘lib qoldi.
    Yurtimizda xarbiy xizmatni tugatib uyga qaytdim-u,keyin Moskvaga keldim.
    Xarbiyda birga bo‘lgan do‘stim Olimjon bilan birga keldik.
    Keyin bir qurilish firmasiga ishga kirdik.
    Bir kuni kechki mahal “Park Pobedы” metro bekatiga tushib borayotgan edik,bu bekatga tushgan bo‘lsangiz bilasiz juda ham chuqurda joylashgan.
    O‘zi yurar zinalardan tushib borayapmiz,ko‘zim bizdan sal oldinroqda ketayotgan millatdoshlarim bo‘lgan ikki qizga tushdi.
    Bittasi yuragimni jizillatdi.
    Yonimda ketayotgan do‘stim Olimjonga.
  • Hozir mana shu ketayotgan qizil ko‘ylakdagi qizning telefon raqamini olaman va tanishaman,-dedim.
  • Sen chopib borganingdan ma ol senga telefon raqamim,deya berib qo‘yar ekanda a?,-deya piching qildi do‘stim.
  • Shoshmay tur ko‘rasan hozir.
  • Qo‘y do‘stim avvora bo‘lma,bu qiz juda o‘ziga bino qo‘ygan ko‘rinadi,tishing o‘tmaydi,-dedi u.
  • Shu orada pastga tushib bordik,cho‘ntagimdan telefonimni oldimda ovozini chiqmaydigan qilib qo‘ydim.
    Olimjonga ishora qildim,meni tanimaydigandek jim o‘tib ket deya.
    Qizcha qo‘lida telefon,qulog‘ida naushnik mazza qilib muzika eshitayapti ekan shekilli.
    Mening odatimni bilasizku aka,menda tortinish yo‘q.
    Shartta bordimda so‘rash yo‘q,salom yo‘q.
    Qizning qo‘lidagi telefonini tortib oldim.
    Dugonasi ikkovi naq o‘takasi yorildi o‘ziyam.
  • Qo‘rqmanglar qizlar,men o‘g‘ri emasman shoshilinchda telefonim xonada qolibdi,bir do‘stimga qo‘ng‘iroq qilmasam bo‘lmaydi.
    Bir minut shunday gaplashamanu qaytib beraman,-dedim.
  • E.. toming ketganmi seni? Shuni bir og‘iz so‘rasang bo‘ladiku,yuragimizni yordinku!-deya baqira boshladi yonidagi dugonasi.
  • Aftidan men ko‘z ostimga olgan qizcha chindan qo‘rqqan shekilli,yoki men ham uning yuragini jizillatdimmi,u baqraygancha menga qarab turar,bir og‘iz so‘z aytmasdi.
  • Telefondan o‘z raqamimni terdimda o‘zimga qo‘ng‘iroq qildim,uzoq gudok ketdi.
  • Uzr qizlar,hech kim ko‘tarmadi.Yana bir bora uzr.
    Shunday deya qizning telefonini qo‘liga qaytarib berdim.
  • Xayr qizlar,-deya kelib to‘xtagan poyezdga chiqib ketdim.
    Telefonimni oldimda qabul qilinmagan yangi raqamni saqlab qo‘ydim.Chiroyli qizil ko‘ylakli qiz deya yozib qo‘ydim.
    Yarim soatdan oshiqcha vaqt yurib xonamizga yetib keldik.
    Tinchroq joyga o‘tdimda boyagi raqamga qo‘ng‘iroq qildim.
    Duut.. duuut.. duuut… gudoklar.. telefonni hech kim olmadi.
    Duut…duut… duut.. yana gudoklar.
    Har dutillashi yuragimning urishini sanayotgandek.
    Uchinchi marta qayta qildim.
    Yana duut.. dut.. va nixoyat.
  • Alo alo kim bu?,-degan mayin ovoz eshitildi.
  • Alo bu men jinniman,-dedim.
  • Kim?,-deya xayron bo‘lib balandroq ovozda so‘radi qiz.
  • Alo menman men o‘sha jinniman.
  • Ey yo‘qoley,adashib tushding jinni,-deya telefonni o‘chirib qo‘ydi.
    Yana qaytib telefon qildim.
  • Ey kim bo‘lsang ham o‘ynama,raqamimni kim berdi senga,kimsan? O‘zi bitta jinni bugun metroda yuragimni yordi,endi sen kamiding!
  • Men o‘sha metrodagi jinniman,-dedim.
    U tarafdan qiz bolaning baqirib kulib yuborgani eshitildi.
    Bu tarafdan men ham kuldim.
    Shunday qilib tanishib oldik.
    Ismi Aynura ekan.
    Avval telefonda gaplashib yurdik,u doim yuzma-yuz uchrashuvdan o‘zini olib qochar,tortinchoq,umuman boshqa qizlarga o‘xshamas edi.
    Uch oylar chamasi telefonda gaplashib yurdik,qayerdaligini aytmasdi.
    Qayerda yashaydi,qayerda ishlaydi bilmasdim.
    Doim metroga tushsam ko‘zlarim uni izlar,uzoqroqdan qizil ko‘ylak kiygan qiz ko‘rinsa Aynuramikan deya hayajonda, yuragim tez-tez urib boshlardi.
    Ayni baxor fasli edi va nihoyat u men bilan uchrashishga rozi bo‘ldi.
    Ikkimiz birinchi bor uchrashgan o‘sha “Park Pobedi” metro bekatida uchrashadigan bo‘ldik.
    Aynura juda tortinchoq qiz ekan.
    Shu yaqin atrofdagi bog‘ni birga aylanib yuribmiz,yonma-yon ketayapmiz sal yaqinlashib qo‘lim qo‘liga tegib ketsa cho‘chib o‘zini chetga tortardi.
  • Aynura sen tarixga qiziqasanmi?,-degan savolimdan u xayron bo‘lib.
  • Ha juda qiziqaman,maktabda o‘qigan vaqtimizda tarix fanidan doim a’lo bahoga o‘qiganman,nimaga so‘rayapsiz?,-dedi.
  • Mana shu yaqin atrofda tarixiy movzoley bor,1941-yil Moskva ostonalarida bo‘lgan janglar joylari saqlab qolingan,yur o‘sha joylarni tomosha qilamiz,-dedim.
    O‘zim ham tarixga qiziqqanim uchun,bir soatdan oshiq vaqt ikkovimiz ham bu joyda urush davridan saqlab qolingan texnikalarni juda katta qiziqish bilan tomosha qildik.
    Ayniqsa Aynura bu joyga kelganiga juda xursand bo‘ldi.
    Shu joyda ham,hazil-huzullar qilib latifalar aytib berib,uni juda kuldirdim.
  • Samarddin aka ketishim kerak,-dedi u.
  • Aynura hali vaqtliku,men rostdan jinniman qara gap bilan,aylanish bilan bo‘lib seni biror joyga ovqatlanishga ham taklif qilmapman yur kafegami restorangami boramiz,-dedim.
  • Yo‘q!,-deya shart kesib gapira boshladi u,-bormayman hech qayerga,men kafema-kafe yuradigan qizmasman.
  • Xo‘p xo‘p,nega jaxl qilasan? Men seni shunaqa qizsan dedimmi? Balkim qorning ochgandir.
  • Men siz bilan shunchaki do‘stona uchrashib gaplashishga keldim,rahmat qornim to‘q ketaman endi.
    Yonma-yon metroga tomon keta boshladik.
  • Aynura bilasan,senga yozgan xabarlarimda ham aytganman seni yoqtiraman…
    -Samariddin aka,iltimos bunaqa gaplarga hali erta,-deya gapimni bo‘ldi u.
    -Sen juda ham yovvoyisan bilasanmi shuni?
    -Siz esa sal kallangiz anaqaroq,bilasizmi shuni?,-u shunday deya ko‘rsatgich barmog‘ini boshining o‘ng tarafiga tekkizib aylantirdi.
    -Nega bunaqa deyapsan?
    -Hech zamonda qiz bolaga ham yovvoyisan deydimi? Jinni.
    Gap bilan bo‘lib metroga tushadigan yer osti yo‘liga yaqin kelib qolibmiz.
    Shu payti yonimizga yoshi yigirma uch yigirma beshlar atrofida bo‘lgan bir rus ayoli kelib menga.
    -Menga yordam qilib yuboring iltimos,-deya qo‘lidagi katta sumkaga ishora qildi.
    -Xo‘p hozir,-dedimda.
    -Aynur sen shu joyda turib tur,men bu ayolning sumkasini pastga tushirishib yuboray darrov qaytib kelaman,-dedim.
    U xo‘p,deya joyida qoldi.
    Uzun zinalardan pastga tushib borayapmiz, qitmirligim
  • tutdi,yonimdagi kelishgan rus ayoliga past ovozda shivirladim.
  • -U qiz meni sevganim,bir jahlini chiqarmoqchiman, meni qo‘limdan ushla.
  • Mendek yigitni qo‘ltiqlab olish unga ham yoqdimi,kutib turgandek menga yopishib qo‘lini qo‘ltig‘imdan o‘tkazib maxkam ushlab oldi.
  • Kamiga tepadan bizlarga hayron qarab turgan Aynuraga kulib qarab qo‘ydi.
  • Shu xolatda chapga burilib metroga kirib ketdik.
  • Keyin xaligi rus ayol kulib.
  • -Bekor qildik borib sevgilingdan uzr so‘ra,juda chiroyli qiz ekan uni xafa qilma,-deya ichkariga kirib ketdi.
  • Men bo‘lsam kelgan yo‘limga qaytmasdan to‘g‘riga yurdim,chiqish yo‘lining bu tarafidan chiqdim.
  • Katta yo‘lning bu tarafidan chiqib qarasam.
  • Mening Aynurim ikki ko‘zi pastga zinalarga qaragancha o‘sha joyida qotib turibdi.
  • Meni sal anaqaroq deyishni hozir senga ko‘rsatib qo‘yaman dedimda,ancha narida joylashgan yashil chiroq yonidan aylanib yo‘lni kesib o‘tib uning orqa tarafidan kelib sal narida jim uni kuzatdim.
  • U sumkasidan telefonini chiqarayotganini ko‘rib,shartta o‘z telefonimni ovozsiz qilib qo‘ydim.
  • Bilganimdek u menga telefon qildi.
  • Telefonni olmaganimni ko‘rib battar jig‘ibiyroni chiqar,ammo ko‘zlari hamon pastda mening chiqib kelib qolishimga ishonib qarab turardi.
  • Besh olti qadam orqasida turgan men tarafga burilib ham qaramasdi.
  • Aynuraning xayolidan o‘tganlari.
  • “Men bu yigitni jinni desam,sal anaqaroqsan desam,bu oshib tushgan ekan-ku.
  • Hozirgina seni yoqtiraman deb turgandi,ko‘z oldimda bir rus ayolini qo‘ltiqlab ketdi bordi.
  • Shunaqayam ahmoq bo‘lamanmi?
  • Uning gaplariga ishonib o‘tiribman.
  • O‘zi nega ketib qolmasdan,uni kutib o‘tiribman.
  • Yo‘q Samariddin aka unaqa yigitlardan emas,bu u kishining navbatdagi hazillaridan biri.
  • Hozir pastdan chiqib keladi.
  • Kechir Aynur sen bilan hazillashgim keldi deydi.
  • Ammo qani,sal kam yigirma daqiqa bo‘layapti.
  • U ketdi,o‘sha rus ayoli uni olib ketdi.
  • Endi kelmaydi,keyin uyalmasdan nimalarnidir bahona qilib telefon qiladi.
  • Ketaman ortiq kutmayman”
  • U joyidan qimirlamay xayol surib turib qolgandi.
  • Keyin ikki qo‘li bilan yuzini bekitib yig‘lay boshladi.
  • Ortidan borib.
  • -Anaqaroq yigit uchun ham yig‘lar ekanmi qiz bola,-dedim.
  • U cho‘chib tushdi va burilib meni ko‘rib bir oz yuzimga baqrayib qarab qoldi.
  • Chiroyli ko‘zlaridan oqib tushayotgan yoshlar,qizargan lo‘ppi yuzlarida marvarid donalaridek turib qolgan,shu holatida u men uchun dunyodagi eng go‘zal qiz bo‘lib ko‘rindi.
  • Ammo bu go‘zal qizning juda qattiq jaxli chiqqan edi va buni amalda isbotladi.
  • Qo‘lidagi sumkasi bilan boshimga shunaqa tushirdiki,naq ko‘zlarimdan cho‘q chiqib ketdi.
  • Bunaqa kaltakni xarbiy xizmat vaqtida o‘zimizdan yoshi katta askarlardan ham yemagandim.
  • Qarasam ikkinchi zarbani ham berishga hozirlanayapti,agar ikkinchi marta yana shunaqa zarba boshimga tushsa hushimdan ketishim aniq edi.
  • -Bo‘ldi Aynur bo‘ldi,yetarli boshqa urma,-deya sumkasini ushlab qoldim.
  • U shaxd bilan sumkasini tortib oldida burilib zinalardan pastga tushib ketdi.
  • Mendan qattiq xafa bo‘ldi.
  • Ortidan borgandim baqirib berdi,odam ko‘pligi uchun,hamma hayron qarayotganligi uchun shu joyda qolishga majbur bo‘ldim.
  • Aynurim men bilan gaplashmay qo‘ydi.
  • Telefon qilsam olmaydi.
  • Xabarlarimga javob yozmaydi.
  • Vatsap,telegramm va imodan meni bloklab tashladi.
  • O‘zimga o‘zim qiyin kunlarni sotib oldim.
  • Bir tarafdan umrimda birinchi marta men uchun yosh to‘kkan chiroyli ko‘zlarni ko‘rdim.
  • Aynura meni sevishiga va kechirishiga ishonchim bor edi.
  • Aynura men bilan bir oy gaplashmadi,uni juda qattiq xafa qilgan ekanman.
  • Ayriliqning azobli kunlari boshimga tushdi.
  • Bir kuni ish vaqtida qo‘limda ishlatayotgan bolgarkaning toshi sinib ketib atrofga sachrab ketdi.Ehtiyotsizlik qilib ko‘z oynak taqmagan ekanman,toshdan kichkina bir parchasi kelib ko‘zimga kirdi.
  • Do‘xtirga borib ko‘zimni tozalatdim,keyin uch to‘rt kuncha ishga chiqa olmay xonada yotishga majbur bo‘ldim ko‘z og‘rig‘idan.
  • Baraka topsin do‘stim Olimjon ko‘p yordam qildi shunday damlarda.
  • Ishga chiqmagan kunimga ikkinchi kun edi.
  • Telefonim jiringlab qoldi.
  • Xonada yolg‘iz qolganman,chap ko‘zim bog‘langan.
  • Telefonni qo‘limga olib qarasam Aynura ismi va rasmi ekranda turibdi.
  • Quvonchdan joyimdan turib ketdim,og‘riyotgan ko‘zim ham tuzalib ketdi shekilli.
  • -Alo Samariddin aka,assalomu alaykum yaxshimisiz? Sizga nima bo‘ldi?Ko‘zingiz yaxshimi?Og‘rimayaptimi?,-telefonni olishim bilan menga so‘z bermay savollarga ko‘mib tashladi u.
  • -Vaalaykum assalom Aynura yaxshiman,menga baloyam urmaydi,hech narsa qilgani yo‘q.Sen qayerdan eshitding,kim aytdi senga?
  • -Bildimda,-dedi u kulib,Xudoga shukr yaxshi ekansiz.
  • -Mendan xavotir oldingmi? yovvoyi,-dedim.
  • -Yana boshladingizmi,aslida sizni kallangizni davolatish kerak,jinni.
  • Ikkalamiz barobar kulib yubordik.
  • Shu kulgu bilan o‘rtadagi ginalar tarqab ketdi.
  • Arazlar unutildi.
  • Keyingi kuni biz yashaydigan uyga yaqin joyda uchrashadigan bo‘ldik.
  • Aynura men bemorning holidan kelib xabar oladigan bo‘ldi.
  • Uni juda sog‘ingan edim,uchrashuv oldidan uni ko‘rishimni o‘ylab hayajonlanardim.
  • Uchrashdik,salomlashdik.
  • Uning birinchi aytgan gapi.
  • -Samariddin aka,aytib qo‘yay avvalgi safargidek qiliqlarni qilmayman deb so‘z bering,-dedi.
  • -Aynuraxon men ham aytib qo‘yay,agar men hazil qilsam avvalgi safargidek sumka bilan boshimga urmaysan,-dedim men ham.Ikkalamiz kulishdik.
  • -Siz tuzalmaysiz,-dedi u kulib.
  • Ko‘zingiz yaxshimi?Qani ko‘z oynakni yeching qani ?,-deya birinchi bor u menga juda yaqin keldi.
  • Ikkimiz ham xayajondan titrab ketdik.
  • Og‘riqlardan qizarib ketgan chap ko‘zimni ko‘rib,uning chindan menga rahmi keldi.
  • Ish vaqti o‘zingizni ehtiyot qilmaysizmi deya rossa tanbex ham berdi.
  • -Aynura,senga kim aytdi?Qayerdan eshitding?,-dedim.
  • -Dugonam do‘stingiz Olim aka bilan xabarlashib turadi,men siz haqingizda dugonamdan eshitdim.
  • -Men bilan gaplashmay qo‘yibsan-u,ammo har kuni do‘stimdan men haqimda so‘rab turibsizlarda a?,-dedim o‘zimcha xursand bo‘lib.
  • -Bekor aytibsizda,sizni so‘rab menga zaril keptimi,-dedi u sir bergisi kelmay.
  • Shu yaqin o‘rtada joylashgan o‘rindiqda yonma- yon o‘tirib ancha suhbatlashdik.
  • Men chindan ham uni sevib qolgan edim.
  • Yonimda o‘tirgan go‘zal Aynuraga termulib- termulib qarab uni sevishimni,endi bu qizsiz yashay olmasligimni ich-ichimdan his qilayotgan edim.
  • U ham meni sevishini bilib bo‘lgandim,uning buni ochiq oydin ayta olmasligi aniq edi.
  • -Aynura?
  • -Eshitaman,-dedi u menga jilmayib qarab.
  • -Bir gap aytmoqchiman senga,-dedim.
  • -Ayting Samariddin aka.
  • -Avval sumkangni menga ber,senga ishonch yo‘q boshimga solib qolishing mumkin.
  • -Yaxshi gap aytsangiz urmayman,odamni uyaltiravermang endi,-dedi u yuzlari qizarib.
  • -Qornim ochdi,shu yaqinda atrofda bitta yaxshi choyxona bor,yur birga borib ovqatlanamiz,-dedim.
  • -Mayli aka,ketdik.
  • Birga-birga ketayapmiz.
  • -Aynura qo‘lingni ber,-deya qo‘lidan ushlagandim.
  • Xurkak oxudek joyida bir sapchib,shart qo‘lini tortib oldi.
  • -Yo‘q aslo!,-dedi qattiy qilib.
  • -Meni sevasanmi Aynura?,-dedim dab durustdan.
  • -Yo‘q,-dedi u yana.
  • -Sevmaysanmi meni?Yo‘q! Kelib kelib sizni sevamanmi,siz sal anaqaroqsizku,-dedi-yu,o‘zining gapiga o‘zi mazza qilib qax-qaxlab kuldi.
  • -Men anaqaroq bo‘lsam ham,ne-ne qizlar meni yaxshi ko‘rishini bilmaysanda sen,-dedim.
  • -Kim o‘zini maqtashini bilasizmi?,-deya yana kuldi u.
  • Uning kayfiyati juda yaxshi edi.
  • -Bilaman,menga o‘xshagan jinnilar o‘zini maqtaydi.
  • -Yaxshi,tan olish ham mardlik,jinni ekanligingizni bilar ekansiz.
  • Yo‘l chetida bir yosh chiroyli qiz ho‘l meva -chevalar sotib o‘tirgan ekan.
  • Bu joyga yaqin uyda yashaganimiz uchun bu qizni avval ham bir ikki ko‘rganman,onda -sonda meva sotib olib turardim.
  • -Aynura sen shu joyda tur,men hozir borib mana shu sotuvchi qizdan so‘rayman men jinniga o‘xshaymanmi deya,agar u ham ha desa,mayli keyin sen nima desang shu,-dedim.
  • -Siz yana bir nimani boshlamang a,bu safar ayamayman,-dedi u va boringchi qo‘lingizdan nima keladi deya joyida qoldi.
  • Sotuvchiga borib salom berdim.
  • U aftidan savdo bilan bo‘lib biz Aynura bilan birga kelayotganimizni payqamagan ekan,meni yolg‘iz keldi xayol qildi.
  • -Keling yaxshi yigit,ko‘rinmay ketdingiz,-deya kulib menga gapira ketdi.
  • Besh olti qadam narida turgan Aynuraga bizning gap so‘zlarimiz shundoq eshitilib turardi.
  • -Bir oz mazam bo‘lmay qoldi,shunga bir ikki kun xonada yotdim,-dedim unga.
  • -Nima bo‘ldi?Voy bo‘o‘o‘,ko‘zlaringiz qizarib ketibdiku juda.
  • -Vaxima qilmangey,ko‘zlarimmas,ko‘zim bittasi og‘ridi.
  • Shunaqa vaqtlarda ayollarning barchasi birdek mehribon bo‘lib ketadi-yey.
  • -Dori oldingizmi,ko‘zingizga tomizing ko‘z juda nozik ehtiyot qiling,mana shu ko‘rinib turgan dorixonadan so‘rasangiz beradi,men yaqinda ko‘zim shamollab qolganda shu joydan olib ko‘zimga tomizgandim juda yaxshi foyda berdi.
  • -Rahmat,o‘sha doridan olib ko‘zimga tomizsam keyin ko‘zlarim sizning shahlo ko‘zlaringizga o‘xshagan chiroyli bo‘ladimi?-dedim. Bu gapim sotuvchi qizga moydek yoqdi shekilli.

-Ko‘zlarim chiroylimikin?,-dedi u kulib.

-Juda juda…deya endi gap boshlayotuvdim.

Naqd peshonamda Aynuraning sumkasi paydo bo‘ldi.

-Kimning ko‘zlari chiroyli ekan?,-dedi u.

Rostdan jaxli chiqqan edi.

-Aynura sening ko‘zlaring chiroyli, sotuvchi qizga ham sening ko‘zlaring to‘g‘risida gapirib truvdim,-deb yubordim, sotuvchi qizga ko‘z qisib.

Sotuvchi qiz ham,gap nimadaligini tushunib kulib yubordi.

Aynura ikkimiz choyxonaga kirib ovqatlandik.

Shu voqealarga ham bir yildan oshdi,tez-tez uchrashib turamiz.

Ey aka,men Aynurasiz yashay olmayman.

Uni juda-juda sevaman.

Yaqinda bizning uydagilar ularnikiga borishdi sovchilikka,bizlarni unashtirib qo‘yishdi.

To‘yimizga sizni albatta aytamiz,borasiz xo‘p.

-Alloh nasib qilgan bo‘lsa boraman,-dedim.

Samariddin bilan bir oycha bir joyda ishlagach,yo‘llarimiz boshqa boshqa bo‘lib ketdi.

Bizlar boshqa joyga ishga ketdik.

Internet orqali tez-tez xabarlashib turardik.

Yaqinda undan xabar keldi.

-Assalomu alaykum aka,men hozir Qirg‘izistondaman,bir xaftadan keyin Aynura bilan to‘yimiz bo‘layapti,sizni to‘yga taklif qilamiz,-deya yozilgan edi.

Ikki yoshning,sevishganlarning sof samimiy,gard yuqmagan muhabbati nikox bilan mustaxkamlanayotganini eshitib juda xursand bo‘ldim.

To‘yiga borishning iloji yo‘q edi,ularni telefon orqali tabrikladim.

Allohdan ularga baxt tilab duo qildim.