HIKMATLI IQTIBOS


(Sayohatchi va olim kundaligidan)
“Meni kelajagim xavotirga sola boshladi, ayniqsa, yaqinlashib qolgan qish, chunki forslar chegarasiga yetgunimcha hali ko‘p yo‘l bosishim kerak edi, hamyonimni to‘ldirish bo‘yicha bo‘lgan barcha urinishlarim chippakka chiqqandi. Shunda o‘z hayot tajribamga suyanib o‘zimga taskin berdim: darvesh, hoji, gado hech qachon o‘zbekning uyidan quruq qaytmaydi, menga hamma joyda ham bir burda non va meva-cheva, ba’zi joyda esa eski kiyim-kechak berishlari mumkin, bu esa sayohatimni davom ettirishimga bemalol yetar edi… …Bu yerda Chichaktuda, men oxirgi marotaba o‘zbeklarni uchratdim va ochig‘ini aytishim kerakki, bu halol, pok, vijdonli, to‘g‘ri, sofdil, ochiqko‘ngil odamlar bilan qattiq o‘kinish bilan xayrlashdim.”
Arminiy Vamberi
Mansoorxon Tairov sahifasidan olindi