BIR JUFT KALISH


Ramazon yaxshida. Yoshu-qarining qalbiga iloxiy nurlar yog‘ilib iymon sayqallanadi.
Qutlug‘ kunlarning biri edi. Shaxrimizdagi masjid oldidagi dorixonaga borib, o‘sha yerda turgan o‘n uch yoshlar chamasidagi yigitchaga ko‘zim tushdi.
Qoq peshin. Tik quyosh nurlaridan bir ko‘zini qisib, oriqqina jussasiga futbolchilarning kiyimi yopishib qolgan bola soyaga o‘tmaydi. Menku zarurat tufayli ko‘chaga chiqdim. Uchi? Masjid tomonga besaranjom qarab qo‘yapti. Qo‘lida nimadir solingan xaltasi xam bor.
Dorixonadan chiqib ishim bitgan bo‘lsada, kuzatishda davom etdim. Buni payqab qolgan yigitcha chopib oldimga keldi.
—Xolajon,— dedi, uyalibgina yerga tikilib, — Sizdan bir narsani iltimos qilsam bo‘ladimi?
Tanimasa xam ko‘zlarimga qarab javdirab turgan bolaga “mayli” deyishim bilan qo‘lidagi xaltaga ishora kildi:
-Iltimos, mana shu xaltadagi kalishlarni masjidga berib chiqaylik.
—Nega? Kimniki ular?
Bolakay yerga qaradi
—Hech kimniki. Yap-yangi. O‘zim sotib oldim. Nomozxonlarga kerak bo‘lib qolar… Bobom og‘ir kasal. Salomatliklarida xar kuni shu masjidda nomoz o‘qirdilar.
—Endi chiqa olmaydimi?
Bola og‘ir xo‘rsinib, bosh chayqadi.
—Xudo biladi. Tunov kuni menga bolaliklarida ro‘y bergan bir voqeani aytib berdilar. Eshitasizmi?
—Eshitaman.
—Aytishicha , bolaligi juda og‘ir davrlarga to‘g‘ri kelib, ko‘p qatori o‘ta nochor kun kechirishgan.. Urushdan keyingi yillar bo‘lgani sababli qornilarini amallab tuydirisharkanu, uvada kiyimlarni kiyishdan aslo or qilishmas ekan. Faqat qish oylarida sovuq zahri jonlaridan o‘tib ketarmish.
Bir yili Ramazon qish oylarining boshiga to‘g‘ri kelibdi. Bolalar”odamlar turshak, qoqilar bilan do‘ppimizni to‘ldirib berishadiku ” deb,maktabdan chiqiboq och koringa Ramazon qo‘shig‘ini boshlab, mahallalarni aylanishar ekan. Ba’zilar nimanidir ilinar, ba’zilar esa uyda hech narsa yo‘qligini bildirmaslik uchun eshikni ochmaslikni afzal bilishar ekan. Bolalar o‘z mahallasidan tashqari boshqa ko‘chalar, qishloqlarga borishdan ham erinmas ekanlar.
O‘shanday kunlarning birida bobom xov anavi soyga tushib ketibdi. O‘ziniku amallab o‘rtoqlari suvdan chiqarib olishgan, ammo bir poy brezent batinkasi oqib ketibdi. U rosa yig‘labdi. Axir oyog‘ida bo‘lmasa, ko‘chaga chiqa olmas, maktabga bora olmas ekanda. Ikki kun tashqarigan chiqmabdi. Biroq tezda zerikibdi. U vaqtlar kitoblar uyga berilmas, darsliklar sanoqli bo‘lgani bois maktabning o‘zidagina foydalanish mumkin ekan. Uchinchi kuni bir poy batinka bilan bo‘lsada maktabga bormoqchi bo‘libdi. Ikkinchi oyog‘ini to‘shakdan ortgan qora paxta va eski astarlik bilan yaxshilab o‘rab, onasining ko‘zini shamg‘alat qilib qochib ketibdi.
Odamlar duch kelib qolsa darrov o‘tirib, uvadali oyog‘ini yashirarmishda, botikasining bog‘ichini yechib qayta bog‘larmish. Shu tariqa masjidgacha o‘tirib, turib arang yetib kelibdi. “Maktabgacha xali uzoq, ichkariga kirib bir oz isinib olaman” deb eshikni ochibdi. Qarasa, poygakda nomozxonlarning kalishlari turganmish. Bechora bobom azbaroi qiynalib ketganidan yomon ishga qo‘l uribdi. U yog‘ ,bu yoqqa alanglabdiyu, bir juft eskigina, orqasi yirtiq kalishni olib, qochib qolibdi. Maktabga yetib, kalishni darxol oyog‘iga ilib, sinfxonaga kiribdi.
U zamonlarda bolalar qirq beshinchi razmer etikda kelsayam birov e’tibor bermas ekan. Hamma opa-aka, xola-tog‘a,ota-onaning eski-tuskisida kelaverarkan. Shu sabab bobomning oyog‘ida kaloplab turgan quyma kalishga birov qarab ham qo‘ymabdi. Ota-onasiga “Kalishni shaharga ketib kolgan Sodiq malim berdi”deb atigi bir xaftagina kiyib yuribdi. Ammo xalollik bilan kun kechirayotgan oila farzandi emasmi, oyog‘idagi tagi yupqalashib, teshilib ketgan eski kalish bir botmon toshday og‘irilik qilarmish. Axiyri vijdoni g‘olib chiqibdi. U har kuni maktabdan qaytishda masjid eshigi oldida kalishini o‘g‘irlatgan odamning daragi chiqib qolarmikin deb poylaydigan bo‘pti. “ Kimning kalishi yo‘qolgan? “ deb takror-takror uyalmay so‘rarmishu, nomozxonlardan sado chiqmasmish. Qor gupillatib yog‘ar, biroq oyoq kiyimsiz qolgan odamni o‘ylab sovuq ta’sir qilmay kun qoraygunga qadar qolib ketar ekan. Bir kuni qattiq izg‘irin turibdi. Masjidni supurib sidirib, atrofdagi qorlarni kurab turadigan Qodir tog‘a kichkina darichadan boshini chiqarib uni chaqirib, olma choy bilan siylabdi.
Kalish o‘g‘risi esa pushaymonlik bilan bo‘lgan voqealarni aytib beribdi. Qodir ota “Xa, yaxshi ish qilmabsan, ammo hech kim kalishini o‘g‘irlatdim demadi bolam. Qolaversa, birorta nomozxonning narsasi yo‘qolsa eng avval meni xabardor qilishadi. Sen uyingga boraver… Xa aytgancha, faqat yaxshi o‘qigin bolam. Birorta ham saboqni qoldirma! Katta odam bo‘lib, xalqqa nafing tegsin! Kalishni esa kiyib turaver, egasi topilsa o‘zim xabar beraman” deb, qulog‘igacha qizarib o‘tirgan aybdorni jo‘natib yuboribdi.
Shundan so‘ng bobom masjidga bormay, kalish egasi topilsa Qodir ota xabarini berar deya o‘qishini davom ettiribdi. Qish chillasi o‘tib, xamal amallab qolganida ertalab ko‘chaga chiqib ketgan dadasi peshinda masjid korovuli Qodir ota qazo kilganligi xaqidagi xabar bilan kelibdi.

  • Tavba,- deb, xo‘rsinarmish otasi – Kodir ota tuppa-tuzuk odam, oxirgi paytlar aynib kolgan edi. Kasal bo‘lishiga o‘zi sababchi. Aytishlaricha, qora sovuqda ham, qalin qorda ham azonda yalang oyogiga uvada latta-puttalarni o‘rab masjid atroflarida qor kurar ekan.. Uzoqdan kuzatgan odamlar quyondek sakrab yo‘laklarni qochayotgan qorovulni ko‘p kuzatishgan ekan. Birovku o‘zidan orttirib berolmaydi. Yalagoyoglik sababini so‘rashsa “Ana kalishim, batinkam, etigim ham bor. Qizib ketayotganimdan yechib tashladim”deb g‘alati irjayib ishini qilaverarkan. O‘zim ham unga bir necha tanbeh bergandim. Quloq solmadilarda!
    Bechoraning oyoqlarini sovuq olib, qorason tanasiga yoyilib o‘libdi. Oyogi ko‘mirdek qorayib ketibdi rahmatlining…
    Otasining gaplaridan bobom xushidan ayrilay debdi. Naxotki? Naxotki o‘girlangan mana shu kalishlar egasi uni olma choy bilan siylab uyiga qaytarib yuborgan o‘sha Kodir ota bo‘lsa?! Nega u biron marta uni urishmadi. “O‘g‘ri!” deb yoqasidan olib sazoyi qilmadi? Bechora shuning uchun kunduzi xujrasidan chiqmay o‘tirar ekanda. Bobom qattiq pushaymon bo‘libdi. Ammo endi juda kech edi.
    Bobom birorta ham saboqni qoldirmay, maktabni a’lo baholarga bitirbdi. Oliy o‘quv yurtida ham o‘qibdi. Qodir boboga bergan va’dasini bajarib katta odam bo‘lib el- yurtga nafi tegibdi. Qayerda bo‘lmasin har yili Ramazonda qorovul cholning mozorini ziyorat qilib, masjid ostonasiga hech kimga bildirmay 15-20 juft kalish qo‘yib ketar ekanlar. Ammo gunoxi xaqida birovga ayta olmabdi.
    Xozir axvollari judayam og‘ir. Uch-to‘rt kun ilgari bir oz o‘zlariga kelib, shu voqealarni menga aytib berdilar. Qachonlardir qilgan o‘sha ishiga hamon vijdoni azobda. Bu yilgi Ramazonda ham masjidga qanchalik borishni xoxlayotganliklarini ko‘zlariga qarab bildim va nima qilishim kerakligini tushundim. Qo‘shni akalarga qo‘shilib moshina yuvdim. Uch kunlik ish xaqqimgaga esa manavi kalishlarni sotib oldim… Zora bobom tuzalib, yana oyoqqa turib ketsalar….
    -Xolajon iltimos, yo‘q demang. Birga kirib, bobom xaqida kimgadir gapirib, shu kalishlarni berib chiqaylik.
    Unga yo‘q deya olmadim.Masjid sarishtaligiga javobgar odamni topib, yigitchaning hikoyasidan yana bir karra muta’sir bo‘ldim. Qodir ota xaqqiga duo qildik. Bittagina qilmishi uchun bir umr azoblangan insonga esa shafoatlar so‘rab Alloxga munojot ayladik.
    Muazzam Ibrohimova.
    2013 yil.
    Baxtiyor Tursun sahifasidan olindi.