ONAMNING RIVOYATI

Qadimda bir o‘tinchi bor ekan. U necha yillardan beri o‘tin yig‘ib, sotar ekanu, hech boyimas ekan.
Hayoti og‘irligiga chidamay bir kuni avliyo huzuriga boribdi;

  • Men necha yillardan buyon qishin-yozin o‘tin yig‘ib, sotib tirikchilik qilaman.Lekin hech boyib ketolmayapman. Nima qilsam boy yashayman, deb, hayotidan shikoyat qilibdi.
    Avliyo ota esa: – Sadaka qil, debdi.
    O‘tinchi ;- bisotimda hech vaqoyim yo‘q bo‘lsa, nimamni sadaqa qilaman, debdi.
    -Sadaka qil, degan so‘zdan boshqasini eshitmabdi. Uyiga qaytib, o‘tindan ko‘p yig‘ibdida, qo‘shnisiga sadaqa tariqasida bir bog‘ o‘tin beribdi. Bir necha kunlar ahvoli o‘zgarishini kutib yashabdi. Ammo baribir topganida baraka topmabdi.
    Yana avliyoga boribdi;
  • Men sadaqa qildim, lekin biror tangam oshib qolganini sezmadim, debdi.
    Avliyo esa yana -Sadaqa qil, deyishdan boshqa hech narsa aytmabdi.
    O‘tinchi ortga qaytib, egnidagi choponini yana bir qo‘shnisiga sadaqa, deb sovg‘a qilibdi. Ammo yana qancha kutsa ham biri-ikki bo‘lmabdi. Jahli chiqqanidan yana avliyoga borib nolibdi.
    Ammo bu safar ham – Sadaka qil, degan, so‘zdan boshqa maslahatni eshitmabdi.
    O‘tinchining hafsalasi pir bo‘lib, uyiga qaytibdi. Ertasi kuni o‘tin terishga ketishdan oldin, hovlisidagi xurmoda bir dona qolgan xurmo mevasini uzib olibdida xaltasiga solmoqchi bulibdi. Shu vaqt eshik taqqillab, devona non so‘rab kirib kelibdi. Ostonasidan kirgan devonani norozi chiqarmay, deb, tushligi uchun olib ketayotgan bir dona xurmoni devonaga beribdida, – Allohga tavakkal, qornim ochguncha uyga qaytaman, ungacha xotinimning atalasi pishib qoladi, deb o‘tin tergani ketibdi.
    O‘sha kuni har kungidanda yeo‘proq o‘tinlarga duch kelib, bir g‘aram o‘tin qilib, yelkasiga ortib uyga qaytayotsa, yo‘lda bir otliq uni to‘xtatib, o‘tinini sotib olmoqchiligini aytibdi.
    O‘tinchi esa, bozorga ovora bo‘lib tashib yurmay, yo‘lda xaridor chiqqaniga suyunib ketibdi. Otliq xaridor o‘tinning narxini so‘rab ham o‘tirmay unga unga ikki barobar pul to‘labdi. Undan ruhlangan o‘tinchi har kuni o‘tinni ko‘proq terish uchun azonlab chiqib ketar ekan va o‘tinidan baraka topib, kun sayin boyib boribdi. Ro‘zg‘oridan oshinib eshak – arava sotib olibdi. Shundan keyin esa ko‘proq o‘tin tashib yurib, o‘z-o‘zidan boyga aylanib ketibdi.
    Shunda avliyo esiga tushib, uni yo‘qlab boribdi. Avliyo unga; – Sen sadaqani berayotganingda, dilingda shuni sadaqa qilsam, men boyib ketaman, degan fikrda kibr qilgan eding. Eshigingdan och qolib non so‘rab kelgan haqiqiy nochorga och qolishingni ham o‘ylab o‘tirmay, bir dona xurmoni chin dildan ulashding. Uning hojatini chiqarganingda Allohdan senga baraka yog‘ildi, deb javob bergan ekan.
    Shohida Sultonova