ADABIY O‘GIT


“So‘z san’ati, ijod shavqi inson qalbidan nur talab qiladi. Ijodda nur bo‘lmog‘i lozim. Ijodkorning qalbida nur bo‘lsa, u nur uning asarlariga, undan kitobxonning qalbiga o‘tadi.
Chingiz Aytmatov asarlarida nur bor – qalb nuri, go‘zal axloq nuri bor.
Lev Tolstoy asarlarida nur bor – adolat, haqqoniyat nuri bor.
Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon asarlarida nur bor – ma’rifat nuri bor.
Abdulla Orif she’riyatida nur bor – haqiqat nuri bor.
Erkin Vohidov ijodida nur bor – zarofat va latofat nuri bor.
Ibrohim Gʻafur ijodida nur bor – tafakkur nuri bor.
Rauf Parfi she’riyatida nur bor – san’at nuri bor.
Erkin A’zam ijodida nur bor – to‘g‘rilik nuri bor.
Usmon Azim she’riyatida nur bor – rostgo‘ylik nuri bor.
Abduvali Qutbiddin ijodida nur bor – ruhiyat nuri bor.
Barcha mumtoz shoirlar she’riyatida nur bor – muhabbat nuri bor…
Ruhsiz va nursiz adabiyot – adabiyot bo‘lmaydi.”
Mirzo KENJABEK, “Yoshlarga dil so‘zlarim” kitobidan.