CHARLI CHAPLINNING XOTIRA DAFTARIDAN

Kino tarixidagi eng mashhur komik aktyor Charli Chaplin shunday hikoya qiladi:
Bolaligimda otam bilan sirk ko‘rgani borgandik. Bilet olishga navbatga turdik. Oldimizda er-xotin va olti bolalik bir oila turardi. Kiyimlari eskirib ketgan, lekin ozoda edi. Bolalar juda xursand, sirk haqida gaplashishardi. Navbatlari kelgach, ota bilet sotish oynasi yoniga borib, bilet narxini so‘radi. Bilet sotuvchi narxni aytgan edi, biroz o‘ylanib, xotiniga pichirlab nimadir dedi. Yuzida bezovtalik alomatlari ko‘rinib turardi.
Shu payt otam cho‘ntagidan 20 dollarni olib, yerga otdi va egilib uni oldi-da, pulni haligi kishining kaftiga qo‘yib, pulingiz tushib ketdi, dedi.
Haligi odam ko‘zlarida yosh bilan «rahmat, janob» dedi.
Ular kirib ketganidan keyin otam qo‘limdan tortdi va biz qatordan chiqib ketdik.
Chunki otamning o‘sha odamga bergan 20 dollardan boshqa puli yo‘q edi.
O‘sha kundan buyon otam bilan faxrlanaman. Butun hayotimdagi eng go‘zal manzara mana shu bo‘lgandi. U o‘sha ko‘rolmay qolganim sirkdan ham chiroyliroq edi.
Tarbiya nazorat bilan emas, ibrat bilan boshqarilishiga ko‘proq amin bo’lganman.