BIR CHIMDIM KULGU

****

Hayotda oliyjanob erkaklar qolmagani haqidagi gaplar noto‘g‘ri. Mana masalan, men bugun xotinimga soyabon tutib turdim. U mashina g‘ildiraklarini tezgina almashtirib oldi…
****
Choyxonada erkaklar suhbatlashib o‘tirgan ekan, ulardan biri debdi:
— Mana sizlar, maoshingizdan qanchasini xotinga berasizlar?
Birinchi erkak debdi:
— Men atrofimga 2 metrlik aylana chizamanda, pullarimni tepaga otaman. Aylanani ichiga tushgani meniki, tashqariga tushgan pullar xotinimga bo‘ladi.⠀
Ikkinchi erkak debdi:⠀
— Men atrofimga 3 metrlik aylana chizaman. Pullarimni tepaga otaman. Aylanani ichiga sochilib tushganini xotinim terib oladi, tashqariga tushgan pullarni esa men olaman.
Uchinchi erkak kulib:
— Men hech narsa chizib o‘tirmayman! Pullarni shundoq havoga otaman. Xotinim havoda nechtasini ushlab ulgursa o‘shani oladi. Yerga tushgani hammasi o‘zimniki! – degan ekan.
*****
Xotin eriga baqiryapti:⠀
— Sizga xizmatkor bo‘lish jonimga tegdi, ajrashaman.⠀
— Yo‘q, sen bo‘shatilding!
*****
— Oyijon suv olib keling.⠀
— Borib o‘zing olib kela olmaysanmi?!⠀
— Oyi, suv deyapman!⠀
— Hozir kaltak yeysan! Turgin-da, o‘zing olib kelib ich!⠀
— Oyijon, kaltakka borganingizda suv ham ola keling…
*****
— Misr ehromlarini kim qurgan bo‘lsa ham iltimos:⠀
— Kelib bizlarni ko‘chalarni ham qurib beringlar…
*****
Xotin eriga: ⠀
— Adajonisi, esizdami ko‘cha boshidagi chinor, o‘sha chinor tagida tanishib bir-birimizga ko‘ngil qo‘ygandik, mana turmush ham qurdik. ⠀
— Esizdami o‘zi a? ⠀
Er: ⠀
— Ha, esimda. Nimaga uni eslab qolding? ⠀
Xotin: ⠀
— O‘sha chinorni yashin urib, yonib ketibdi. ⠀
Er: ⠀
— Unga bu ham kam…
*****
Bir kuni o‘g‘li chizgan rasmini dadasiga ko‘rsatsa:⠀
— E, qoyil o‘g‘lim! Huddi o‘zimni chizibsan-ku! Faqat nega sochimni rangini jigarrangga bo‘yading? – so‘rabdi ota.⠀
Shunda o‘g‘il qalamlariga qarab turib:⠀
— Menda “kal” rang yo‘q-da, dada, – dermish.
*****
Bir erkak do‘stiga maqtanibdi:⠀
— Kyecha xotinimni urishib berdim.⠀
— Yug‘-ye, sen-a?⠀
— Ha-da. Uylarni yig‘ishtiring, deb ish buyuryabdi.⠀
— Xo‘sh?⠀
— Yo‘qol ko‘zimdan, hali kirlarni yuvib bo‘lganim yo‘q, – dedim.


Abdurahim Alamov sahifasidan.