Universitetda professor-oʼqituvchi talabalarga shunday savol berdi:
- Barcha mavjudot Xudo tomonidan yaratilganmi?
Bir talaba dadil turib javob berdi: - Ha, Xudo tomonidan yaratilgan.
- Xudo hamma narsani yaratganmi? – soʼradi professor.
- Ha, ser, – javob berdi talaba.
Professor soʼradi: - Аgar Xudo hamma narsani yaratgan boʼlsa, demak Xudo yomonlikni xam yaratgan ekan-da, agar Xudo bor boʼlsa. Va, “biz qanday boʼlsak, qilmishlarimiz xam shunga yarasha boʼladi”, tamoyiliga koʼra, Xudo yomon ekan-da?
Talaba bu gaplarni eshitib jim boʼlib qoldi. Professor faxrlanib, talabalarga, Xudoga ishonish bir afsona ekanini yana bir bor isbotladim, deb oʼzicha maqtandi.
Yana bir talaba qoʼlini koʼtarib, soʼradi: - Sizga savol bersam maylimi, professor?
- Аlbatta, – javob berdi professor.
Talaba turib soʼradi: - Sovuqlik mavjudmi?
- Nima deganing bu? Аlbatta mavjud. Sen hech qachon sovuq yemaganmisan?
Talabalar uning savoliga kulishdi.
Yigit javob qildi: - Аslida, sovuqlik mavjud emas. Fizika qonunlariga binoan, biz sovuqlik deb ataydigan narsa, aslida issiqlikning yoʼqligidir. Insonni yoki predmetni, ular energiyani yutadilarmi yoki ajratadilarmi, bilish uchun oʼrganish mumkin. Mutlaq nol –issiqlikning umuman yoʼqligi. Bunday temperaturada butun modda inert boʼlib qoladi. Sovuqlik mavjud emas. Biz bu soʼzni, issiqlik yoʼq holatini taʼriflash uchun oʼylab topganmiz.
Talaba davom etdi: - Professor, qorongʼilik mavjudmi?
- Аlbatta mavjud.
- Siz yana nohaqsiz, ser. Qorongʼilik ham mavjud emas. Qorongʼilik aslida yorugʼlikning yoʼqligidir. Biz yorugʼlikni oʼrganishimiz mumkin, ammo qorongʼilikni oʼrgana olmaymiz. Biz oq nurni turli ranglarga ajratib, xar bir rang toʼlqinining turli uzunliklarini oʼrganish uchun Nyuton prizmasidan foydalanishimiz mumkin. Biroq siz qorongʼilikni oʼlchay olmaysiz. Oddiy yorugʼlik nuri qorongʼilikni teshib kirib, uni yoritishi mumkin. Biron bir makon qanchalik qorongʼi ekanini siz qandan bilasiz? Siz yorugʼlikning qancha miqdori borligini oʼlchaysiz. Shunday emasmi? Qorongʼilik –yorugʼlik yoʼqligida nima sodir boʼlishini taʼriflash uchun inson ishlatadigan tushuncha.
Oxir oqibat, talaba professordan soʼradi: - Ser, yomonlik mavjudmi?
Bu safar, professor ishonchsizlik bilan javob berdi: - Аlbatta, hali aytganimdek, biz uni xar kuni koʼramiz. Insonlar oʼrtasidagi shafqatsizlik, butun dunyo boʼylab sodir etilayotgan koʼplab jinoyatlar. Bu misollar yomonlikning namoyon boʼlishidir.
Bunga talaba quyidagicha javob qildi: - Yomonlik mavjud emas, ser, yoki har holda, u oʼzi uchun mavjud emas. U ham qorongʼilikka va sovuqqa oʼxshaydi. Yomonlik – bu Xudoning yoʼqligini taʼriflash uchun inson oʼylab topgan soʼz. Yomonlik, yorugʼlik va issiqlik kabi mavjud boʼlgan ishonch yoki muhabbat emas. Yomonlik inson yuragida Xudoga boʼlgan muhabbatning yoʼqligi natijasidir. Bu xuddi sovuqlikka oʼxshaydi, issiqlik boʼlmaganida keladi, yoki qorongʼilikka oʼxshaydi, yorugʼlik boʼlmaganida keladi.
Professor oʼtirdi. Yosh talabaning ismi – Аlbert Eynshteyn edi…