OLTINGA TENG O’GITLAR

Yer yuzining muallimi boʼlish uchun samoning talabasi boʼlish kerak.
Аliya Izatbegovich (1990-1996y) Bosniya va Gertsegovina Respublikasi sobiq prezidenti.
Аgar moddiy narsalar maʼnaviy narsalardan koʼra ahamiyatliroq boʼlganida, jasad yerga koʼmilmagan, ruh esa osmonga koʼtarilmagan boʼlardi.
Doktor Mustafo Mahmud.
,,Bu dunyoda hayot dramasi hech qachon toʼla-toʼkis boʼlmaydi, yana bir bor toʼplanish hayoti boʼlmogʼi lozim. Chunki bu dunyoda zolimning ham, mazlumning ham guvohimiz, lekin adolatni koʼrmayapmiz. Gʼolibning ham, magʼlubning ham guvohimiz, lekin intiqomni koʼrmayapmiz. Demak, adolat qaror topadigan ikkinchi bir olam bor.
Immanuel Kant
Odamni barbod qilish uchun koʼp narsa kerak emas, shunchaki u qilayotgan ish hech kimga kerak emasligiga uni ishontirish kerak, xolos.
Fyodor Dostoevskiy
Tabiat bizni kirishda ham, chiqishda ham tintuv qiladi. Yalangʼoch kelgandik, yalangʼoch ketamiz. Bu yerdan olib kelganlaringdan ortiq narsani olib ketolmaysan.
SENEKА
«Аqli raso odamlar, oʼzlarining yuz foiz haq ekanlarini bilib tursalar-da, baribir, aytayotgan fikrlarimda xatolar boʼlishi mumkin, deya andishada iztirob chekib turishadi. Nodonlar esa, har qanday fikrlarini ham haq deb biladilar. Chunki ularda ikkilanish − shubha yoʼq».
Fridrix Nitsshe
Statistik maʼlumotlarga koʼra, inson bir ishni qilishni oʼylasayu, uni 72 soat (3 kun) ichida amalga oshirmasa, 85 foiz ehtimol bilan bu ishni hech qachon bajarmas ekan…
(Olimlar suhbatidan)
@shoira_Gulandom