Pul har narsa qila olishi mumkin, lekin uning kuchi bilan qahramon jangchi, dono muallim, iste’dodli hofiz va mohir usta yetishtirib bo‘lmaydi.
Agar tosh oltin piyolani sindirsa — toshning narhi oshmaydi, oltinning narhi kamaymaydi.
• Meva yo‘q yerda oshqovoq ham po‘rtaholdek baholanadi.
• Ahmoqqa maslahat berish sho‘rxok yerga g‘alla ekish bilan teng.
• Muhabbatsiz bosh — naslsiz oshqovoq.
Tomog‘ingga sig‘adigan ovqatni ye.
Ayni bir so‘z kimgadir — davo, kimgadir — zahar.
• Agar eshakning shoxi bo‘lganida edi — hammaning qornini teshardi.
• Chumolining uyida shudring ham toshqin.
• Qo‘ldagi chumchuq va’da berilgan tovusdan afzal.
• Och qolgan iymonni ham, dinni ham unutadi.
Birinchi g‘ishtni qiyshiq qo‘ygan bo‘lsang, devorni Zuhro yulduzigacha ko‘tarsang ham qiyshiqligicha qoladi.
Ilm bilan mingta qilichni bo‘ysundirish mumkin, lekin qilich bilan boshga ilm kirgizib bo‘lmaydi.
Hamma o‘zi haqida o‘ylaydi, soqoli yo‘q — soqol haqida.
• Hamma o‘zini qo‘shnisidan aqlli deb o‘ylaydi.
• Odamlarga qaysi ko‘z bilan qarasang, senga ham shunday boqishadi.
• Qaysi qo‘l bilan bersang, o‘sha qo‘l bilan olasan.
• Toshni tosh bilan yo‘nadilar.
• Ilon qarisa, qurbaqa uni minib yuradi.
• Omadsizlik kelganda atala ham tishingni sindiradi.
Aqlli bilganini mustahkamlash uchun so‘raydi, nodon bilgandek sanalish uchun so‘ramaydi.
• Xudoga tavakkul qil, lekin tuyangni bog‘lovsiz qoldirma.
• Kim do‘st, kim dushmanligini boshingga tashvish tushganda bilasan.
• Qora bulutdan va ko‘p gapiruvchi hamrohdan qo‘rqma, oq bulut va indamasdan qo‘rq.
Hordiqsiz mehnat yo‘q, ishladingmi, dam olishni ham bil.
• Bir zaif arab oti ham bir to‘da eshakdan afzal.
Aqlli odam xatolari uchun o‘zini so‘roq qiladi, nodon — boshqalarni.
• Odamni bilmoqchi bo‘lsang, u bilan safarga chiq.
Yaxshi odamning qahridan qo‘rq.
• O‘q tanani yaralaydi, so‘z — qalbni.
• Ustozning so‘kishi otaning erkalatishidan afzal.
FORS HIKMATLARIDAN.