POZITIV FIKRLASH KUCHI

Buyuk bobomiz Ibn Sinoning ta’kidlashicha, tabibning kasallikni yengishi uchun uchta quroli bo‘ladi: so‘z, giyoh va pichoq.
E’tibor bering «so‘z» birinchi o‘rinda.
Parij gospitallarining birida yosh psixolog Emili Kьyui o‘z bemorlariga kuniga uch mahal 10 marotabadan xayolan va ovozini chiqargan holda «Kundan kunga men o‘zimni yaxshi his qilayapman» deb takrorlashni odat qilgan. Gapirganda ham shunchaki mexanik tarzda emas, balki yurakdan chiqarib, chin dildan aytishgan.
Nima deb o‘ylaysiz, natija qanday bo‘lgan?
Bir oydan keyin bu shifokorning bemorlari avval gospitalning tibbiy personallari uchun, keyinchalik butun Fransiyaning muhokama manbaiga aylangan. Ajablanarli, ammo fakt – og‘ir bemorlarning bir oy ichida tez tuzalib ketgani va hattoki ularning ayrimlariga jarrohlik aralashuvlarining zarurati yo‘qolgani aniqlangan.
Xulosa: qadimgi yunon olimi Paraselsning so‘zlari tasdiqlangan – «Ishonch mo‘jiza yaratadi».
Inson salomatligi – uning tafakkurining to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqibati hisoblanadi. Ya’ni insonning ruhiy va jismoniy holatlari o‘rtasida bevosita bog‘liqlikning mavjudligi xech kimda gumon uyg‘otmaydi.
Yomon narsa xaqida o‘ylasang – og‘rib qolasan.
Psixologik qonunlarning birida aytilishicha: «Sevgi, simpatiya va qoyil qolishni so‘z orqali ifodalash, u kimga yo‘naltirilgan bo‘lsa, shu insonning hayotiy energiyasini kuchaytiradi». Qahrli va yovuz so‘zlar esa tinglovchining energiyasini kamaytiradi.
Yomon fikrlar bilan bog‘liq kasalliklarning umumiy soni kundan-kunga o‘sib bormoqda.
Ularga qarshi turish uchun, qadimgi donishmandlar maslahatiga quloq tutish kerak. Ya’ni, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, hayotdan quvonish kerak. Shunday qilib, inson sog‘lig‘i, hayoti va taqdiri uning fikrlari bilan bevosita bog‘langan.
Yaxshilikni o‘ylasang – yaxshilikni kut.
Yomonlikni o‘ylasang-o‘ylaganingni olasan.
Inson doimo o‘ylab yuradigan narsalar ishonchga aylanib, shu narsa sodir bo‘lishi kerakligiga zamin yaratiladi va bu e’tiqod amalga oshadi.
Shunday ekan, bugundan boshlab, yaxshilik haqida o‘ylang, va yaxshi narsalarga umid qiling. Arzimagan narsalarga qayg‘urmang.
Yurak infarkti va yetishmovchiligini profilaktika qilish bo‘yicha mutaxassis, amerikalik kardiolog Robert Eliotning ikkita oltin qoidasini keltirib o‘tamiz:
Birinchi qoida: Ahamiyatsiz narsalar uchun qayg‘urmang.
Ikkinchi qoida: Hamma narsa ahamiyatsiz.
Quyida mavzuga oid hayotiy misol keltiramiz.

  • Bir bolakay uyiga kelib onasiga: “Bu xatni maktabdagi o‘qituvchim berib yubordilar”- deydi. Onasi xatni o‘qib ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a tutib turdi. Uni bolasiga baland ovozda o‘qib berdi: «Sizning o‘g‘lingiz daho! Maktabimiz uning qobiliyatiga kichiklik qiladi. Shuning uchun siz bolangizga uyingizda ta’lim bering!». Oradan yillar o‘tdi. Insoniyat tarixida ko‘plab ulkan ixtirolarni kashf qilgan inson Edisonning onasi vafot etdi. Kunlarning birida u onasining javonini ko‘zdan
    kechirayotib, qutidagi xatga ko‘zi tushdi: «Sizning o‘g‘lingiz kaltafahm, tentak. Erta tongdan boshlab uni maktabga kiritmaymiz!». Buni o‘qigan Edison rosa yig‘ladi va o‘zining xotira daftariga ushbu bitiklarni bitib qo‘ydi:
  • «Edison tentak bola bo‘lgan. Lekin aqlli onasining tadbiri ila dahoga aylandi!». Onaning hayotdagi o‘rni shunday, u o‘g‘lini olim darajasiga yetishishiga ishontira olgan, o‘g‘lini ijobiy fikrlar bilan sug‘ora olgan!!!
    Hayotingizni yanayam yaxshi holatga, yukori túlqinga ko‘tarishni istaysizmi?!
    Marhamat POZITIV fikrlang!!!
    A. Alamov sahifasidan.