ILTIMOS, BOLALIKKA QAYTISHGA BITTA CHIPTA BERING:

1950–1980 YILLARDA TUGʻILGANLARGA BAGʻISHLOV
1950 yildan 1980 yilgacha tug‘ilganlarga havas qilaman. Nega deysizmi? Chunki:

  • ular internetdan topilgan emas, haqiqiy do‘stlari bilan o‘ynab ulg‘ayishdi;
  • velosiped minganda kaska taqishmadi;
  • darslardan so‘ng ko‘chada o‘ynashdi, televizor yo kompyuterga termulishmadi;
  • chanqaganda qadoqlangan idishlardan emas, jo‘mraklardan suv ichishdi;
  • bitta suv idishdan to‘rt kishi foydalansa ham, infeksiya yuqtirib olishmadi;
  • har kuni osh yeyishsa ham, semirib ketishmadi;
  • poybazalsiz o‘ynashsa ham, oyoqlariga hech narsa qilmadi;
  • ota-onalari ularning sog‘ligidan xavotir olib parhez qildirmadi, vitamin ustiga vitamin ichirmadi;
  • o‘yinchoqlarni o‘zlari yasashdi, zavqlanib o‘ynashdi;
  • oilalari kambag‘al bo‘lsa ham, ular mehrsiz qolishmadi, halovatda yashashdi;
  • tushgan suratlari oq-qora bo‘lsa ham, xotiralari rangin edi;
  • turli texnikalari, qo‘l telefonlari, interneti yo‘q, biroq ulfatlari rostakam, suhbatlari qaynoq edi;
  • o‘rtoqlarining uylariga istagan paytida borib, birga taomlanib ketaverishardi;
  • hozirgi yoshlarning olamidan keskin farq qiladigan, boshqacha tuyg‘ular, qarindoshlik aloqalari, o‘zaro mehr-oqibat, silai rahmga yo‘g‘rilgandi ularning hayoti;
  • keksa avlodga, umuman, kattalarga hurmat saqlagan, ulug‘larining nasihat va ko‘rsatmalarini dasturilamal bilgan avlod edi…
    Banu Muhsimova