BIR CHIMDIM TАBАSSUM


Meʼmor Sinon mashhur Salimiya minoralarini qurarkan, bir toʼda bolalar chugʼurlashib,
nimanidir koʼrsatayotganlarini koʼrib qolibdi. Ularga yaqinlashib: «Nima gap» deb soʼrabdi.
— Аmaki, — deyishibdi ular, — shu minorangiz biroz qiyshayibdi.
— Ha, unday boʼlsa, hozir minorani arqon bilan torttirib toʼgʼrilaymiz. Sizlar, qarab
turinglar, — deb arqon keltirishni buyuribdi.
Meʼmor Sinon, to bolalar toʼgʼri boʼldi deyishmaguncha, minorani bir arqon bilan
torttiraveribdi. Bolalar, toʼgʼri boʼldi, deyishgach toʼxtatibdi. Shu orada bir kishi kelib:
— Usta, bu arqon shunday katta minoraga hech bir taʼsir qilmasligini yaxshi bilasiz. Nega
endi bolalarning gapiga kirib bunday qildingiz, — deganida, meʼmor javob beribdi:
— Shunday qilmasam, bu churvaqalar shahar boʼylab minora qiyshiq, degan gap tarqatishadi.
Minoraning egri emasligiga hech kimni ishontirolmaymiz. Endi esa, minora egri edi, arqon
bilan torttirib toʼgʼrilatdik, degan gap tarqatishadi. Bu gapga esa aqli bor odam ishonmaydi!


Tibbiyot imtihonida talabani savolga tutaverib qiynagan oʼqituvchi oxiri:
— Bir xastani terlatmoq uchun nima qilasan? – deb soʼraganida, talaba javob qilibdi:
— Olib kelib, sizga imtihon topshirtiraman!


— Koʼp gapiradigan, gapni choʼzadiganlar bilan qanday muomala kilish kerak? — deb
soʼradilar Farobiydan.
— Koʼp gapirganni kam tinglash kerak! — dedi u.

  • *Bemor:
    — E-e, dunyoni rohatini koʼrdik-da doʼxtir, haliginggayam bordik, har turidan chekdik, har
    turidan ichdik.
    Doʼxtir bemorning analizlari natijalariga tikilar ekan:
    — Voy boʼy, nimaga oʼzingizni buncha urintirdingiz?
    Bemor:
    — Yoshlikda, endi doʼxtir, yoshlik. Yoshlik yaxshi narsa, qarigandan keyin chatogʼimiz chiqadi-
    yu…
    Doʼxtir bemorning gapini boʼlib:
    — Unda «xushxabar»ni eshiting. Siz qarimaysiz!..

*Shogird:
— Ustoz, qurbaqa suvda koʼp suzaverganidan oyoqlarida suzgichlar paydo boʼlgan, degan
nazariyaga qanday qaraysiz?
Ustoz:
— Oʼsha nazariyaga koʼra, burgut toshbaqaning ustini choʼqiyverib toshga aylantirib yuborgan
boʼlsa kerak.


Bir suhbatda Orif Nihatga dedilar:
— Egiladigan, bukiladigan, qatlanadigan, turli tuman katta-yu, kichik teshikchalarga ham
kirib ketaveradigan bir shisha kashf qildik. Orif Nihat debdi:
— Qisqasi shishani ham oʼzimizga oʼxshatdik desangiz-chi!

“HIKMАTLI LАTIFАLАR

NIShONGА URILGАN SOʼZLАR” kitobidan
Toʼplovchi va tarjimon: MUHАMMАD SOBIR