Aytishlaricha, inson ko‘zi 100 mingdan, ba’zi manbalarda aytilishicha esa, 10 milliondan ortiq ranglarni farqlash va tanish xususiyatiga ega ekan. Demakki, shunchalik quvvayi hofiza va farosatga ega bo‘lgan insonning qalb olami undan-da bepoyon va sirli ekanligiga ajablanmasa ham bo‘ladi.
Yigirma bir kun (21) kun davomida bir narsaga amal qilinishi uning doimiy odatga aylanib qolishiga sabab bo‘ladi. Bu ilmiy yo‘l bilan ham tasdiqlangan. Bor-yo‘g‘i 21 kun chidashga to‘g‘ri keladi, qolgani oson kechadi.
Yosh bolalar bir kunda 400 marta kulishadi, kattalar esa atigi 15 marta
Bundan 5 ming yil muqaddam Misr tabobatida sog‘lom turmush tarzining asosiy talablari badanni tozalash, parhezga rioya qilish, ozodalikni ta’minlash, tanani chiniqtirish tarzida belgilangan. Abu Ali ibn Sino yuqoridagilarga ichki tozalanish va ruhiy osoyishtalik, qomatning mutanosibligini saqlash, kiyinish gigiyenasi, havoning tozaligi hamda mu’tadil uyku va dam olishni ta’minlash kabi talablarini ham kiritgan.
Olimlar jismoniy tarbiya, xususan harakatning foydalari haqida katta ilmiy samaralarga erishganlar.Hisob-kitoblarga ko‘ra, inson butun umri davomida 2,5 tonna oqsil, 1,3 tonna yog‘, 17,5 tonna uglevodlar va 75 tonna suv iste’mol qiladi. Bu energiyani esa to‘g‘ri sarflash lozim.
Mushak va suyaklar – bu tanamizning ustunlaridir, ular sababli biz harakatlanamiz va hattoki o‘tirib tura olamiz. Bir qadam tashlash uchun biz 500 ga yaqin mushaklarimizni harakatga keltiramiz. Inson uchun piyoda yurish juda foydali bo‘lib, sog‘lom bo‘lishning asosiy sharti sanalar ekan.
Oyoqlarimizda 500 000ga yaqin ter bezlari mavjud bo‘lib, ular hatto kuniga 1 litrgacha ter ishlab chiqarishi mumkin. Bu esa modda almashinuvini yaxshilaydi. Buning natijasida har kuni sog‘lom inson tanasida 300 milliard yangi hujayralar paydo bo‘ladi. G. Tog‘ayeva tayyorladi.