Bir kuni mashinamda oʼtirgandim …Mashinam oldiga bir bolakay yaqinlashdi:
-« Аmaki , mashinangizni gʼildiraklarini yuvib beraymi? Koʼp soʼramayman. Qancha bersangiz ham roziman…»
Boy emasman. Lekin , oʼzimga toʼqman hayotda.Yonimdan 1000 soʼm chiqarib, unga uzatdim…Bolakay pulni koʼrgach, yuzi tundlashdi:
– « Аmaki , men tilanchi emasman…»
Shunday deya, orqasiga qarab keta boshladi.Chaqirdim , oldimga keldi. Hayotda birinchi marta shunaqa noqulay vaziyatga solgan bolakayni uchratgandim.Yuzlari biroz qoraygan, jemferining tirsaklariga yamoq qoʼyilgan bolaning qoʼllari esa magʼzavadanmi, har holda boshqa joylaridan oqroq edi.Oʼzim qilgan ishimdan hijolat boʼlib , bolakayga menga mashina faralari va oynalarini artib ber, dedim.U boʼlsa , yana meni hayratga solishda davom etdi:
-« Аmaki , mening latta va sovunim faqat gʼildirak yuvishga moʼljallangan.Men oynalaringizni xunuk qilishni xohlamayman…»
-« Xoʼp, unda gʼildiraklarni yuvaqol » dedim..U gʼildiraklarni yuvarkan, undan oilasi haqida soʼradim..Kam gapirdi… Otasi bundan yarim yil oldin vafot etganini, onasi boʼlsa betob boʼlib qolganini, boquvchi boʼlib , faqat oʼzi ishlayotgani, topganini roʼzgʼorga va onasining dori darmoniga sarflayotganini aytdi..Epchillik va hafsala bilan qilgan mehnatini koʼrib va uning sharoitini bilib, yordam boʼlar, deb yonimdan 15 ming chiqardim..
-« Аmaki , bir gʼildirakni 500 dan baholang..Menga 2000 bersangiz yetadi.Mehnatim berayotgan pulizga arzimaydi…».
Tomogʼimga bir nima tiqilib qoldi…Qoʼyarda qoʼymay, iltimos qilib, pulni berdim..Bolakay pulni choʼntagiga joylab, rahmat aytib, keyingi mashina tomon ildam yurib ketdi..Orqasidan qararkanman, qoʼlida oddiy chelak va latta bilan halol pul topayotgan, shimlarini shimarib olgan va ahyon-ahyon burnini tortib qoʼyadigan bu yigitcha koʼz oldimda mixlanib qoldi..
Mashinani oʼt oldirar ekanman Yaratganga iltijo qildim:
-« Аllohim , shunday ERKАKni dunyoga keltirgan ayolning dardiga oʼzing shifo ber!»
Аbdurahim Аlamov sahifasidan.