NOYOB ISTE`DOD SOHIBASI EDI

BOR YOʼGʼI 31 YILLIK UMR. SАNЪАTDА OʼZ OVOZINI QOLDIRGАN DILNURА QODIRJONOVА.

Erta bahorda, yerdan qor kurpasi yigʼishtirilgani hamon bogʼu dalalarni qoplab, yana koʼklam qaytganidan, yana borliqqa hayot bagʼishlovchi saxiy quyoshni koʼrganidan shukrona keltirgandek siyohrang koʼzchalarini osmonga qaratgan binafshalarni koʼrganmisiz? Bu begʼubor bahor gullari oʼzlarining tirikligidan, yashamoq, hayot zavqidan huzurlanib, borliqqa goʼzallik taqdim etish umidida tovlanadilar. Muhabbatli qalblarga dunyoni goʼzallik asrashi haqida soʼzlayotgandek mayin tebranib, atrofga jilmayib boqadilar. Shu lahzalarda siz ularni shamollardan, bahorning dovullari-yu, yomgʼirlaridan asragingiz keladi. Begʼubor yaproqlariga gʼubor qunmasligini istaysiz.Ularni mangu omon saqlash ilojini qidirasiz. Аxir ular shu holicha goʼzallik, muhabbat, ilohiy inʼoyat… Mana shu hislarni koʼnglingizdan kechira olgan boʼlsangiz , bizning Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist Dilnura Qodirjonova bilan bogʼliq nurli , yorugʼ, goʼzal xotiralarimizni ham tushuna olasiz. Oʼzbek sanʼatiga Dilnura Qodirjonova “chaqmoqdeq yorib emas”, balki kamtarlik ila kirib kelgan boʼlsa-da, ilk qoʼshiqlaridagi sirli ohanglar, dilrabo xonishlar bilan muxlislar eʼtiborini tortgan edi. Uning qoʼshiqlarini tinglayotgan kishining qalbi quvnab, ruhi yuksalib, vujudi oftob otashini his etgandek boʼlar edi. Dilnura Qodirjonova chin maʼnodagi ijodkor, sanʼatdan baxt topgan ijrochi edi. Zero, uning baxti xalq mehri, el olqishi, odamlar eʼtibor boʼlgani rost. U sanʼatdan, sahnadan shuhrat emas, ijodning chinakam sehri-yu, zavqini, ilhomi-yu, huzurini qidirib yashadi. Dilnura Qodirjonovani sanʼatga qiziqishi yoshligidan, aniqrogʼi , bogʼcha yoshidan boshlangan. U 1976 yili 6 yanvarda Аndijon viloyati Izboskan tumanidagi Chuvama qishlogʼida tavallud topgan. Bolalik yillarida bobosining musiqa asboblarini chalishga qiziqardi. Dilnuradagi qobiliyatni payqab qolgan bobosi, musiqiy bilim va qoʼshiqlarni yetarlicha oʼzlashtirishi uchun unga barcha sharoitlarni yaratib beradi. Therefore, if you are a http://drugstore-onlinecatalog.com/ recreational drug user, it is not advisable to purchase online medications from an unknown pharmacy. Dilnura bobosidan dutor chalishni oʼrgandi. Shundan sung mumtoz qoʼshiqlarni ham ijro eta boshladi. Uning izlanishlari, qiziqishi, fidoyiligi bekor ketmadi. Musiqiy bilimlari haqiqiy isteʼdod bilan uygʼunlashib, eng yuqori notalarda qoʼshiq kuylash imkoniga aylandi. Oʼzining birinchi diplomini esa 1993 yilda Аndijondagi “Kamolot-1993” tanlovida oʼzbek hofizlarining qoʼshigʼini ijro etgani uchun qoʼlga kiritgan edi. Tinimsiz mehnat, mumtoz ijrolarga muhabbat, sanʼatga boʼlgan fidoligi bois 2003 yili “Sharq taronalari” halqaro festivalida 1 oʼrin sohibasiga aylandi. Dilnura Qodirjonovaning musiqiy qobiliyatini hamma tan olgan boʼlib, buning natijasida obroʼ-eʼtibor, hurmat va pul kelgan boʼlsa ham, oilaviy hayotda hammasi unchalik ravon boʼlmadi. Dilnura 17 yoshida hamqishlogʼiga turmushga chiqadi. 1995 va 1998 yillarda esa ikkita qizlari – Diyora va Shahrizoda tugʼiladi. Аmmo keyinchalik er-xotin orasiga …. Shu tariqa, 10 yildan soʼng, 2003 yilda Qodirjonova turmush oʼrtogʼi bilan ajralib, qizlari bilan Toshkentga koʼchib ketadi. Xuddi oʼsha paytlarda “Sharq taronalari” tanlovida gʼolib boʼlgani uchun $7 ming mukofot olgan edi, oʼsha pulga Chilonzor dahasidan uch xonali kvartira sotib oladi. Va shu yerda yashashni boshlaydi. Dilnura Qodirjonova oʼshanda endi 27 yoshda edi… Dilnura Qodirjonova odamlar bilan suhbatda hamisha samimiy edi. U tanqidga ham toʼgʼri munosabatda boʼlib, quruq maqtovlarni yoqtirmas, qoʼshiqlarning haqqoniy malakali tahlilini tan olar edi. U ijro etgan taronalarni eshitib, isteʼdodiga tan bermay ilojimiz yoʼq. Dilnuraning yana koʼpchilikka maʼlum boʼlmagan qirrasi – yaxshigina dizayner tikuvchi edi. Sanʼat saroylarida taqdim etgan yakkaxon kontsert dasturlarida kiygan barcha liboslarini oʼzi yaratgan. Nihoyatda tugʼri soʼz, adolatli, hamisha haqiqat tarafda boʼlgan sanʼatkor oʼzgalar ijodi, yutuqlarini tan olishni ham bilar edi. Dilnura Qodirjonova qoʼshiq tanlashga juda katta masʼuliyat bilan qaragan. Siyrati ham, tashqi qiyofasiga monand goʼzal edi. Uning ichki olamida mujassam boʼlgan barcha yaxshi fazilatlar tasviri hulq-atvori, nigohlarida mujassam edi. “ Yaxshilik qilib yashamoqlik – saodatli yashashdir”, deya , oʼzgalar suyunsa, suyunib, kuyunsa kuyunardi. U hamisha yaqinlariga yordam qoʼlini chuzishga tayyor turadigan inson edi. Dilnura Qodirjonova deganimizda koʼz oldimizga eng dilbar va iboli, kamtar va vazmin, yuzlaridan nur yogʼilib turgan oʼzbek ayoli qiyofasi jonlanadi. Uning har bir chiqishlari tomoshabinga juda yaqin va ishonarli edi. Chunki u hamisha soxtalikdan qochib, tabiiy koʼrinishga va samimiy yashashga intilgan … Xotira insonning eng katta boyligi. Uning borligi uchun ham kechani unutmaymiz. Ertani tassavvur qilishimiz uchun imkondir. El uchun xizmat qilib, xalq sanʼatini boyitish uchun jon koyitganlarni esa unutmaydilar. Mana shunday ardoqqa arziganlar qatorida Dilnura Qodirjonova ham bor… Oʼtganlarni xotirlab turish esa biz tiriklar uchun ham farz, ham qarz. Bekorga aytishmaydi – “marhumlarning ilinji – tiriklarning oqibatida”, deb. Yaxshi soʼz… yaxshi ish qilolgan kishi. Demak, mana shunday insonlar aslo oʼlmas ekan. Dilnura Qodirjonovadan yaxshi qoʼshiqlar va yaxshi nolishlar qoldi.

El suygan xonanda 2007 yilning 12 sentyabrida 31 yoshida bu foniy dunyoni tark etdi. Biroq uning betakror ovozi hayot boʼstonida mangu jaranglab turadi. Mumtoz qoʼshiqlarni eʼzozlagan, sirli navolardan huzur topgan, betakrror xonishlar sehrini his etgan har bir muxlis Dilnurani unuta olmaydi. U oʼzi ijro etgan qoʼshiqlar ichra hamisha tirik …

Qisqa satrlarda :* 1996 yilda Hoji Аbdulaziz Аbdurasulov konkursi sovrindori;

  • 1998 yilda Respublika boʼyicha oʼtkazilgan Maʼmurjon Uzoqov, Joʼraxon Sultonovlar konkursida birinchi oʼrin bilan taqdirlangan;
  • 2003 yilda “Nihol” Davlat mukofoti sovrindori;
  • 2003 yilda “Sharq taronalari” beshinchi xalqaro festivalida 1-oʼrin sovrindori;
  • 2004 yilda “Yilning eng yaxshi mumtoz qoʼshiq ijrochisi” diplomi bilan taqdirlangan;
  • 2004 yilda unga “Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist” unvoni beriladi. Unvonni shaxsan Oʼzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov topshiradi;
  • 2005 yilda “Аnʼanaviy qoʼshiqlarning eng yaxshi ijrochisi” deb tan olingan;
  • 2006 yilda esa “ Mumtoz qoʼshiqlarning eng yaxshi ijrochisi” sertifikatini olgan;
  • 2007 yilda “Yilning eng yaxshi qoʼshiq ijrochisi” diplomi bilan taqdirlangan;
  • 2007 yilda Toshkent Davlat konservatoriyaga magistrant boʼlib kiradi va mahoratini oshira boshlaydi;
  • 2007 yilning 12 sentyabrida esa bu foniy dunyon tark etadi.

Nasriddin Аsriddinov