Bir kuni Eynshteyn poezdda bir arab bilan borardi. Uning zakovatini sinab koʼrmoqchi boʼldi.
– Keling, bir oʼyin oʼynaymiz. Men bir savol beraman. Javobini bilmasangiz, menga 5 dollar berasiz. Keyin siz menga bir savol berasiz. Men javobini topolmasam, sizga 500 dollar beraman.
Аrab rozi boʼldi.
Eynshteyn soʼrayapti:- Yer tortishish kuchining sababi nimada?Аrab biroz oʼylanib turdi-da, choʼntagidan 5 dollar chiqarib berdi.Savol berish navbati arabga keldi:
– Nima toqqa uch oyoqda chiqib, bir oyoqda qaytib tushadi?
Eynshteyn rosa oʼylandi. Doʼstlariga telefon qildi.
Hech kim javobini topa olmadi. Bir soatlardan keyin arabga 5 dollar berishga majbur boʼldi va soʼradi:
– Toqqa uch oyoqda chiqib, bir oyoqda tushadigan narsa oʼzi nima edi?
Аrab choʼntagidan yana 5 dollar chiqarib, olimga uzatdi-da:
– Men ham bilmayman, – dedi.
Ularni zakovating bilan qoyil qoldira olmasang ham hamoqating bilan lol qoldir.
Аrabchadan Muqim Mahmud
tarjimasi.
Muhammadsolih Rahmiddinov sahifasidan.
