Dostoevskiy, mazmunidan koʼra bu hayotning oʼziga koʼproq muhabbat qoʼyish kerak, deydi. Toʼgʼri, darhaqiqat, hayotga muhabbat soʼnganida uning mazmuni ham oʼz-oʼzidan oʼchib qoladi.
Odamlar nega ichishadi? Shuning uchun boʼlsa kerakki, sharob butun tafakkurga jilo berib, jami vujudni junbishga keltiradi. Xulosa shul: qadah – nochorlik yoki norizolik alomati.
Tolstoyning ish stolida qolib ketgan oxirgi, tugallanmagan asari shunday nomlangan: «Dunyoda gunohkorning oʼzi yoʼq».
Inson – oʼzi qanday boʼlsa, shunday boʼlishni rad etadigan yagona mavjudotdir.
Manba: kitoblog
