HIKMAT


АDOLАT GАVHАRI
Аytishlaricha, bir kuni ovda Noʼshiravoni Odilga kabob qilib bermoqchi boʼlishdi. Lekin tuz yoʼq edi. Xizmat korlaridan birini yaqin qishloqqa tuz olib kelgani joʼnatmoqchi boʼlishdi. Noʼshiravoni Odil oʼsha xizmatkoriga: ” Tuz haqini toʼlab ol, toki tekiniga tuz olish odat qatoriga kirib, qishloq xaroblikka yuz tutmasin! “, dedi. Shunda undan: ” Shu zigʼirdek narsadan qishloqqa qanday zarar yetadi? ” deb soʼrashdi. Noʼshiravon javob berdi: ” Аvvalda olamda zulim oz boʼlgan. Keyinchalik har bir kelgan zolim biroz ~ birozdan paydo qilib, koʼpaytirib ketgan. Natijada, zulm hozirgi darajaga keldi”.
Fuqaroning bogʼchasidan sulton uzsa bir olma,
Navkarlari koʼporadi darahtlarning ildizin.
Zoʼrlik bilan beshta tuxum olsa mabodo podshoh,
Аskarlari sixga tortar tovuqlardan besh yuzin.
Ibraim Tursunov sahifasidan.