IJOBAT BO’LGAN DUO


… Pokistonlik Doktor Ishon Husayniy koʼrsatgan xizmatlari uchun xalqaro taqdirlash marosimiga ketayotgan edi. Samolyotga chiqdi. Ob-havoning yomonligi tufayli samolyotni yaqin oradagi aeroportga qoʼndirishga majbur boʼldilar. Keyingi samolyot esa 16 soatdan keyin uchishi kerak edi. U bundan jahli chiqib, “Majlisga albatta yetib borishim lozim, 16 soat kuta olmayman”, deya baqirdi. Аeroportda vazifasini bajarayotgan ishchilar unga ketayotgan shahri bu yerdan 6 soat uzoqlikda ekanini, xohlasa ijaraga mashina olib, u yerga ketaverishi mumkinligini aytdilar. Doktor shosha-pisha yoʼlga chiqdi-yu, ammo aksiga olib yoʼlda ham shiddatli yomgʼir quya boshladi. Selning qattiqligidan yoʼlda hech narsa koʼrinmas va mashina ham qimirlay olmaydigan holga keldi.Doktor yoʼl yuzidagi eski bir uyning eshigini taqillatib, oʼzini ichkariga otdi. Uyning ichida bir keksa ayol oʼtirardi. Doktorning hovliqib “Menga telefon bering, bir joyga zudlik bilan qoʼngʼiroq qilishim lozim” deganini eshitib, yuziga tabassum yugurdi va shunday dedi: “Koʼrmayapsanmi holimizni bolam, bu yoqlarda na telefon, na elektr toki bor. Kir ichkariga, bir oz damingni ol, ovqatlan, choy ich, undan keyin ishlaringni hal qilarsan”.Doktor chorasizlikdan ayolning aytganlarini qildi, bir oz isinib, ovqatlandi. U choyini ichib boʼlguncha keksa ayol namozini oʼqib, uzun-uzun duolar qildi. Bularni diqqat bilan kuzatib turgan doktor, ayolning bir beshikni tebratayotganini va beshikda bir goʼdak harakatsiz yotganini koʼrib, “Onajon, bu kimning bolasi, tinchlikmi, nima sababdan koʼz-yoshlar bilan duo qildingiz?”, deb soʼradi. Keksa ayol esa “Bu mening ham ota, ham onasidan yetim qolgan nevaram, ogʼir hastalikka chalindi, bu atroflarda hech qaysi shifokor chora topa olmadi. Ishon Husayniy degan bir doktor bormish, faqatgina u bir chora topa oladi deb aytishgandi. Biroq, u juda ham uzoqda boʼlgani uchun, jigarbandimning ishini oson qilsin deya bir necha kundan beri Аllohga iltijolar qilaman…”, dedi.Doktor Husayniy koʼz yoshlarini toʼxtata olmay, “Oʼrningizdan turing onajon, Аlloh duolaringizni qabul qildi. Sizning duolaringiz osmondan chaqmoq chaqtirib uchoqni ham yerga qoʼndirdi, sellar oqizdi va nihoyat meni sizga yoʼlladi, doktor Husayniy menman onajon. Аlloh Oʼz bandalarining istaklarini shunday holda bajarib qoʼyishiga iymonim komil boʼldi. Butun yoʼllaringiz toʼsilib qolgan taqdirda ham, osmonlar-u yerni yaratgan Zotga sigʼining. Uning marhamati duo bilandir”, dedi.
Hikoya internet manbalaridan olindi.