KULASIZMI, KUYASIZMI?

KULGI haqida qiziq ma’lumotlar:

😄 Go‘dak uch oylik bo‘lmaguncha kula olmaydi. (Demak, ba’zi odamlar umrbod go‘dakligicha qolar ekan-da…)

😁 Inson kulgan paytda yuzidagi 17 ta muskul ishlaydi, ho‘mraysa, 47 tasi ishlashga majbur bo‘ladi. (Afsuski, muskullarini ishlata olmaydiganlar ham hayotda yo‘q emas)

.😃 Olti yoshli bola kuniga o‘rtacha 300 marta kular ekan. Yoshi kattalar esa 15 – 100 martagacha kula olishadi. (Ko‘rdingizmi, bola bo‘lish oson emas).

😆 Chehralari ochiq, kulib xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, chehrasi tundlarga qaraganda bir yarim baravar ko‘proq choy-chaqa undirishar ekan. (Boyimoqchimisiz? Kulib yuring).

😀 Eng ko‘p jilmayib yuradiganlar Braziliya va Kubada yasharkan. Skandinaviyaliklar esa, aksincha, eng jiddiy qiyofada bo‘lisharkan. (Shuning uchun ham Braziliya va Kubaga hamma maftun).
😅 Kulayotgan paytda o‘pkadagi havo soatiga yuz kilometr tezlikda otilib chiqadi. (Noto‘g‘ri o‘ylamang, bu havo og‘izdan chiqib ketadi.)

😃 Ruhi tetik, kulib yuradigan odamlarda yurak kasalliklariga duchor bo‘lish ehtimoli tushkun yuradiganlarnikiga qaraganda qirq foiz kamroq bo‘lar ekan. (Shifoxonalarning yurak bo‘limi qachon bo‘shab qolarkin-a…)😆.

Kuniga 17 daqiqa kulgan odamning umri bir kunga uzayar ekan. (Uzoq yashashning hech qiyin joyi yo‘q).Nega jim turibsiz, hech búlmasa tabassum qiling….