Ona o‘g‘lini tishini oldirib, stomatolog xonasidan chiqaverishda bolasiga:⠀
— Vrachga nima deyish kerak o‘g‘lim? – desa, bolakay:⠀
— Qonxo‘r ablah! – debdi.
— Qiziq. 90 ga yetganimda ko‘rinishim qanaqa bo‘lar ekan?!⠀
— Nima? 90 ga yetasanmi hali yo‘qmi?⠀
— Nega yetmas ekanman?! Hozir 85 man. Yana 5 kilogram yig‘sam bo‘ldi-da..
Yigit bilan qiz katta bir ko‘l bo‘yiga borishibdi.⠀
Qiz:⠀
— Kim shu ko‘l bo‘yida niyat qilib suvga tanga tashlasa, niyati ro‘yobga chiqarmish.⠀
Shunda yigit birinchi bo‘lib niyat qilib suvga tangani tashlabdi.⠀
Keyin qiz niyat qilib tanga tashlayman deb, suvga o‘zi tushib ketibdi.⠀
Yigit:⠀
— Rostdan ham niyat amalga osharkan…
— Zavodga ishga kirgan edim. Birinchi ish kunimdayoq jarohat oldim.⠀
— Qanday qilib?⠀
— Alisher, bolg‘ani tashlab yubor! – deb tepadagilarga baqirgandim… Keyin bilsam zavodda 20 ta Alisher ishlar ekan.
Qamoqxonadagi ikki mahbus suhbatidan: ⠀
— Nima jinoyat qilganding?⠀
— Bankdan pul o‘g‘irlaganim uchun 8 yil berdi. O‘zingni nega olib kelishdi? ⠀
— Toza havo kirsin deb deraza ochganimga 20 yil berdi ⠀
— Shunga xam yigirma yil beradimi, bu jinoyat emasu ⠀
— Ha, to‘g‘ri, men suv osti kemasida ishlardimda!
Afandi bog‘chasiga o‘tqazgan ko‘chatlarini har kuni kechqurun ko‘chirib, uyiga olib kirib ketar edi. Bu ahvolni qo‘shnilari ko‘rib: ⠀
— Afandi, bu nima qilganingiz? – deyishdi. ⠀
— O‘zingga ehtiyot bo‘l, qo‘shningni o‘g‘ri tutma, – dedi Afandi.
Sudya:⠀
— Hurmatli guvoh, siz hozir yolg‘on gapirayapsiz, sizni nimalar kutayotganini bilasizmi?⠀
Guvoh:⠀
— Ha bilaman, bitta Kaptiva va ikki xonali uy kutayapti.
Abdurahim Alamov