BAXT NIMA?


Ming bo‘lakka bo‘lib dunyoni
Tug‘ilgandan baxtni izlaymiz.
Qo‘llaridan tutib ro‘yoni
Atrofda baxt, ba’zan bilmaymiz!
Baxtlar bilan bezatilgan taxt,
Xudoyimga yetsa bas zoring
Kimdir seni sog‘insa, shu Baxt,
Baxt aslida dunyoda boring!
Kimlarnidir Sevib, Sog‘inib,
Intizor-la uni kutganing.
Baxt aslida tomog‘ing bilan
Shu bir qultum suvni yutganing!
Hamma yerda Baxtlaring sochiq
Bahorlardan go‘zallik yiqqan,
Baxt emasmi? Ko‘zlaring ochiq?
Osmonga boq, ko‘kka oy chiqqan!
Senga yana nima yetmaydi?
Hattoki Baxt – yelib tolmoqlik
Hammaga ham nasib etmaydi
Tongda turib nafas Olmoqlik!!!
Erkin Vohidov,
O‘zbekiston xalq shoiri