- «Titanik»ni hindistonliklar suratga olganda nima boʼlardi?
-Unda yigit emas, aysberg choʼkib ketardi!
-Nima haqida oʼqiyapsan?
-Kuchli, jasur, mening qoʼlimdan hech qachon kelmaydigan ishlarni qiladigan odamlar haqidagi kitobni.
-Qiziq kitob ekan. Nomi nima?
- «Jinoyat kodeksi»…
Juda keksa ikki kampir gaplashib oʼtirishgan ekan.Biri ikkinchisiga depti:
-Mening ismim nimaydi? Ikkinchisi bir oz oʼylanib, javob qaytaribdi:
-Hozir shoshib turganimizda shuni eslash shartmi?…