KULGU SAHIFASI


  • “Titanik”ni hindistonliklar suratga olganda nima boʼlardi?
    -Unda yigit emas, aysberg choʼkib ketardi!

-Nima haqida oʼqiyapsan?
-Kuchli, jasur, mening qoʼlimdan hech qachon kelmaydigan ishlarni qiladigan odamlar haqidagi kitobni.
-Qiziq kitob ekan. Nomi nima?

  • «Jinoyat kodeksi»…

Juda keksa ikki kampir gaplashib oʼtirishgan ekan.Biri ikkinchisiga depti:
-Mening ismim nimaydi? Ikkinchisi bir oz oʼylanib, javob qaytaribdi:
-Hozir shoshib turganimizda shuni eslash shartmi?…