SOG’LIK XAZINASI

INSON UChUN ZАRUR DАRMONDORILАR
🔵 Inson organizmi uchun А, V, V1, V6, S, D, RR, K, N darmondorilari nihoyatda zarur. Ular inson organizmi faoliyatida juda katta ahamiyatga ega. Аgar mazkur vitaminlardan birontasi yetishmasa, inson tanasida turli xastaliklar kelib chiqadi. Bu esa, inson umri qisqarishiga sabab boʼladi.
А darmondorisi. Аgar inson organizmida bu darmondori yetishmasa, koʼrish qobiliyati pasayadi, jumladan, qorongʼi boʼlganida koʼra olmaydigan yoki shabkoʼr boʼlib qoladi, bolalar, oʼsmirlar organizmi oʼsishi susayadi.
👉А darmondorisi sabzi, pomidor, oʼrik, koʼk noʼxat, qovun, apelьsin, baliq yogʼida boʼladi.
👉V, V1 darmondorilari organizmda kamayib ketsa, inson koʼzlari hadeb yoshlanaveradi, kamqonlik sezila boshlaydi, kishi darmonsizlanadi, lablari bichilib ketadi, lablar ustida ajinlar paydo boʼladi. Bu darmondori tuxum, qoʼy goʼshti, guruch poʼstlogʼi, yongʼoq, mol jigari, xamirturush, pishloqda boʼladi.
👉V6, V guruhiga kiruvchi darmondorilar inson organizmida kamayishi natijasida yurak oʼynaydigan boʼlib qoladi. Bunday darmondorilar karam, sabzi, qovoq, suzma, baliqda boʼladi.
👉S darmondorisi inson tanasida kamayib ketsa, unda milk ogʼrigʼi paydo boʼladi, boʼgʼimlar ogʼriy boshlaydi, yaralar tez bitmaydi, odam birpasda charchaydigan boʼlib qoladi. S vitamini hoʼl mevalarda, koʼkatlarda, sabzavotlarda, ayniqsa, limon, apelьsin, mandarin, karam, pomidor, piyoz tarkibida koʼp boʼladi.
👉D darmondorisi organizmda kamayib ketishi oqibatida kishini tez-tez oftob uradigan boʼlib qoladi, sochlari toʼkila boshlaydi. Bu darmondori baliq yogʼida, tuxum sarigʼida, sut, sut mahsulotlarida koʼp boʼladi. Shuningdek, quyoshning ulьtrabinafsha nurlari taʼsirida odam terisida ham hosil boʼladi.
👉K darmondorisi yetishmasligi sabab odam jigar, buyrak, ichak xastaliklariga chalinadi, qoni yaxshi ivimaydi. Bu darmondori piyoz, qovoq, koʼk noʼxat, loviya, jigar, tuxumda koʼp boʼladi.
👉N darmondorisi inson organizmida kamayib ketishi oqibatida tananing yogʼ bezlari xastalikka chalinadi, faoliyati buziladi, sochlari tez oqaradi, toʼkiladi. Bu darmondori guruchli ovqatlar,
👉N darmondorisi inson organizmida kamayib ketishi oqibatida tananing yogʼ bezlari xastalikka chalinadi, faoliyati buziladi, sochlari tez oqaradi, toʼkiladi. Bu darmondori guruchli ovqatlar, joʼxori goʼja, jigarda koʼp boʼladi.
👉RR yetishmasligi tufayli odam ichak, jigar, buyrak dardiga tez chalinuvchan boʼlib qoladi. Shuning uchun karam, piyoz, qovoq, koʼk noʼxat, loviya, koʼkatlar isteʼmol qilib turish tavsiya etiladi.
Yuqorida keltirilgan maʼlumotlardan koʼrinib turibdiki, odam organizmidagi barcha hayotiy muhim fiziologik jarayonlar normal oʼtishida, bolalar oʼsishida vitaminlar muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun kundalik ovqat bilan vitaminlarga boy mahsulotlarni, ayniqsa, koʼkatlarni, meva-sabzavotlarni yangi uzilgan holda, sut, sut mahsulotlarini, tuxum, noʼxat, loviya kabilarni muntazam isteʼmol qilib turish zarur.