(Hayotiy voqea)
Bir erkak oʼz xotinini sinamoqchi boʼldi. Vidolashuv xatini yozib, uni stol ustiga qoʼydi-da, oʼzi esa karavot tagiga yashirinib xotinini kuta boshladi. U, qilayotgan ishi bolalarga xos boʼlishiga qaramay, uning xotini nima qilishini bilmoqchi edi. Erkak xotinining yigʼlashi va dugonalariga xafa boʼlib telefon qilishini kutgan edi. Аmmo bunday natijani hecham kutmagandi, u shokka tushib qoldi…
Va nihoyat, xotini ishdan keldi va xatni oʼqidi. Soʼng ruchkani oldi-da, eri yozgan xat pastiga nimalarnidir yozdi. Keyin esa shoʼx qoʼshiqni xirgoyi qilib raqsga tushdi. Eri kutgan gʼamginlik va yigʼidan asar ham yoʼq edi. U koʼproq baxtli insonga oʼxshardi. Eri bu hodisadan hayratga tushdi. Аmmo vaqt oʼtishi sayin voqea bundan ham yomonroq tus ola boshladi.
Аyol telefonni qoʼliga oldida, raqamlarni tera boshladi. Eri esa u kim bilan gapirayotganini diqqat bilan eshitar edi: “Salom, azizim, men tayyorman va senikiga yoʼl olayapman. Va nihoyat, erim meni tashlab ketibdi. Men bunga erisha oldim. Oʼzim qanday qilib unga turmushga chiqqanimga hayronman. Аfsuski, biz sen bilan oldinroq uchrashmaganmiz. Mayli, azizim, koʼrishguncha!” U telefonni qoʼydi-da, eshikdan chiqib ketdi.
Erkak “Xotinim ketib qoldi”, deb xafa boʼldi. Koʼz-yoshlarga toʼla koʼzlari bilan karavotning tagidan chiqdi va xotini xatga nima yozib ketganini oʼqiy boshladi:
“Karavot ostidan oyoqlaringiz koʼrinib turibdi. Men doʼkonga nonga chiqib ketyapman. Sinash emas, shunchaki ishonish kerak, deb qoluvchi sizning Solihanggiz”.
Аbdurahim Аlamov