KOʼNGIL MАLHАMI

      

Har bir ayolning yonida oz ODAMI, ko`ngil malhami bo`lishi kerek. Uzoqlarda yoki yonginasida. Ovozidan hislarini tushunadigan, nigohlaridan qaygʼusini anglaydigan. Yaralariga malham boʼlish, ogʼriqlarini davolash. Qoʼli bilan emas, yuragi bilan teginsin. Borligi halovat beradigan bir koʼngil boʼlsin hayotida. Sevgani, sevilgani…
Nafasi tugaguncha “Muhabbatim” degani.
Yonida ham mushtoq boʼlgani, xayollari bilan ovungani, IShONgani, “u menga bunday qilmaydi!” deydigani boʼlsin. Joniga jon boʼlgan, umriga umr qoʼshgan, tomirida qon boʼlgan, yuragiga yomgʼir boʼlib yoqqan… Zamin boʼlib, osmon qadar namlatgan huzurli, borligi uchun shukrona aytgan, yoʼqligini oʼlim degan… Sevgisi sheʼr, dudoqlari ishq, qoʼllaridan shafqat ifori taralgan ODАM…


Zulya Аhadova sahifasidan.