Elektr simiga qo‘ngan qushlar nega nobud bo‘lmaydi?
Simga qo‘ngan qushlarning tanasi elektr tarmog‘idek bo‘ladi, bu tarmoqning qarshiligi ikkinchi tarmoqning qarshiligiga nisbatan juda katta bo‘ladi. Shuning uchun bu tarmoqdagi (qushlarning tanasidagi) tok juda kam bo‘lib, qushga zarar keltirmaydi. Ammo simda turgan qushning qanoti, dumi yoki tumshug‘i tegsa, umuman kanday qilib bo‘lmasin, u orqali yerga tok o‘tsa uning gavdasi orqali yerga o‘tib ketgan tok uni ko‘z ochib yumguncha nobud qiladi.
Yerning yoshi nechada?
Radioaktiv yemirilish qonunlarini o‘rganish tadkiqotchilariga Yerning yoshini aniq hisoblashning ishonchlik metodini berdi. Radioaktiv menerallarni taxlil kilish, Yerning yoshi 1500 million yildan kam bo‘lmasligini ko‘rsatadi.
Quyoshning temperaturasi qancha?
Quyosh yuzining temperaturasi 6000 gradus, ichidagi temperatura 15000000 gradus. Unda termoyadro reaksiyasi bo‘lib turadi. Geliy elementi vodorodga aylanib turadi va aksincha vodorod geliyga aylanadi. U har yili 6,2.1016 kilovatt energiya beradi.
Yulduzlar nima?
Yulduzlar yorug‘ nur sochuvchi lovullab turgan sharlar.
Ko‘zga ko‘rinadigan yulduzlar soni qancha?
Ko‘zga ko‘rinadigan yulduzlar soni taxminan 6000 ta.
Yer po‘stlog‘ining yoshi nechada?
Yer po‘stlog‘ining yoshi taxminan 3 mlrd yilga yaqin deb hisoblanmokda.
Teng kunliklar qaysi kunlarga to‘g‘ri keladi?
Baxorgi tengkunlik 21 martga yaqin, yozgi quyosh turishi 22 iyunga yaqin, kuzgi tengkunlik 23 sentyabrga yaqin, qishki Quyosh turishi 22 dekabrga yaqin.
Eng katta sayyoraning diametri qanday?
Eng katta sayyora Yupiter bo‘lib, uning diametri Yer diametridan 11 marta katta, ya’ni 140140 km.
Yer Quyosh atrofini kancha vaqtda aylanib chiqadi?
Yer Quyosh atrofini bir yilda aylanib chiqadi.
Yer orbitasi deb nimaga aytiladi?
Yerning Quyosh atrofidagi yo‘li Yer orbitasi deyiladi.
Yerning o‘rtacha radiusi kancha, diametri-chi? Yerning o‘rtacha radiusi 6370 km, Yerning diametri 12740 km.
Tropik yil qancha?
Tropik yil 365 sutka 5 soat 49 minut.
Pluton sayyoraning Quyosh atrofida aylanish davri kancha?
Plutonning Quyosh atrofida eng uzok aylanish davri 250 yil.
Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshi kachon uchirilgan?
Priipg tarixida birinchi sun’iy yo‘ldoshi 1957 yil 4 oktyabrda raketa yordamida uchirildi.
Narsalar kayerda og‘irrok bo‘ladi?
Jism yer yuzidan uzoqlashgani sari uning og‘irligi, ya’ni yerga tortilish kuchi kamayib boradi. Agar bir kilogrammli toshni 6400 kilometr balandlikka ko‘tarsak ya’ni, Yerning markazidan uning ikki radiusiga uzoqlashtirsak, tortilish kuchi 2-2 = 4 marta kamayadi, tosh prujinali tarozida 1000 gramm o‘rniga 250 gramm keladi. Agar toshni yer yuzidan 12800 kilometr, ya’ni Yerning uch radiusiga teng masofaga uzoqlashtirganimizda tortilishni 32, ya’ni 9 marta kuchsizlantirgan bo‘lar edik, unda 1000 grammli tosh 111 grammga tushib qolgan bo‘lardi. Yerga chuqur tushgan sari jismning og‘irligi ortmay, aksincha kamayadi. Demak, jismning eng og‘ir keladigan joyi Yerning yuzi ekan. Yerdan yuqorilashgan yoki pastlashgan sari jismning og‘irligi kamayar ekan.
Yer sekundiga necha kilometr yo‘l bosadi?
Yer o‘z o‘qi atrofida aylanishi bilan birga yana fazoda barcha aholisi bilan birga har sekunda 30 km yo‘l bosadi.
Qodir To‘rayev va Muhayyo Zokirovaning “Tabiat moʻjizalari” kitobidan.